Ishbilarmon ayol – 2022” ko‘rik-tanlovining Kattaqo‘rg‘on shahar bosqichi g‘olibi aniqlandi

24.05.2022, 14:49

Ishbilarmon ayol – 2022” ko‘rik-tanlovining Kattaqo‘rg‘on shahar bosqichi g‘olibi aniqlandi

Kattaqo‘rg‘on shahrida “Ishbilarmon ayol – 2022” ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi tashkil etildi.

Xotin-qizlarni oilaviy tadbirkorlikka, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka jalb etish hamda bandligiga ko‘maklashish orqali yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining o‘rni katta.

Tanlovda Kattaqo‘rg‘on shahrida faoliyat yuritayotgan 10 ga yaqin tadbirkor va hunarmand xotin-qizlar o‘zlarining mahsulotlari bilan ishtirok etishdi. Hakamlar hay’ati a’zolari tanlov mobaynida tadbirkor va hunarmand xotin-qizlarning faoliyati bilan yaqindan tanishib, ularning shu davrga qadar erishgan yutuqlari, imkoniyatlari hamda kamchiliklarini o‘rgandilar.

- Bir yildan buyon tikuvchilik bilan shug‘ullanib kelaman, - deydi oilaviy tadbirkor, tanlovning birinchi o‘rin sohibasi Madina Qo‘ziyeva. - Asosan Oilaviy korxonada 6 nafar qo‘li gul chevar qizlarimiz tomonidan xotin-qizlarimiz uchun milliy bejirim ko‘ylaklar tikib beriladi. Bu kabi mazkur tanlovlar biz ayollarning bir-birimiz bilan tajriba almashishga, faoliyatimizni yanada kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tanlov yakunida Hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan g‘oliblar aniqlanib, tanlovning Samarqand viloyat bosqichiga qatnashish huquqiga ega bo‘ldi.

Marhabo Chuliyeva,

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    679
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+