Termiz xalqaro savdo markazi tadbirkorga qulaylik yaratadi

24.05.2022, 15:36

Termiz xalqaro savdo markazi tadbirkorga qulaylik yaratadi

O‘zLiDeP Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi rais o‘rinbosari, O`zLiDeP Siyosiy Kengash Ijroiya qo‘mitasining Davlat dasturining 26 va 28-maqsadi bo‘yicha ishchi guruh rahbari Doniyor G’aniyev, Budjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi a’zosi Javlonbek Ergashev hamda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi apparati xodimlari Termiz tumanidagi “Termiz xalqaro savdo markazi”da bo‘lishdi.

26 gektar maydonda barpo etilgan erkin iqtisodiy zonasida zamonaviy texnologiyalar asosida mahsulotlarni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash, saralash va qadoqlash xizmatlari hamda elektron savdo portallarini tashkil etishni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan. Savdo markazida 1 800 ta savdo nuqtalari, yiliga 50 ming tonna yuk hajmiga xizmat ko‘rsatuvchi logistika markazi, 15 ming kishilik qamrovli tibbiyot markazi, 2 ta jami 400 o‘rinli mehmonxona, xizmat ko‘rsatish binolari, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va yoqilg‘i quyish shoxobchalari hamda istirohat bog‘lari tashkil etiladi. Yaratiladigan ish o‘rinlari soni 2 ming kishini tashkil etib, savdo markazi orqali yiliga 192 mln. AQSh dollari miqdorida mahsulotlar eksport qilinadi. Termiz halqaro savdo markazi qurilishiga "Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi" hisobidan 3 yil muddatga 20 mln. AQSh dollari miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilgan.

Ishchi guruh vakillari Termiz shahridagi "GLASS EXPO SURXON" MChJ qo‘shma korxonasida oynaga qayta ishlov berishni tashkil etish jarayoni bilan ham tanishishdi. Mazkur loyiha yiliga 33 ming kv.m oynani qayta ishlash imkonini beradi. Qiymati 4,5 mln. AQSh dollari bo‘lib, 80 kishini yangi ish o‘rinlari bilan ta’minlaydi.

So‘ng, Termiz shahridagi “Oravip ceramic” MChJ hamda "Afghan Bazaar Silk Carpets" MChJ qo‘shma korxonasida bo‘lishdi. “Oravip ceramic” MChJ korxonasi keramik jihozlarni ishlab chiqaradi, qiymati esa 5,7 mln. dollarga teng. 150 nafar kishini ish o‘rni bilan ta’minlash imkoniyatiga ega."Afghan Bazaar Silk Carpets" MChJ qo‘shma korxonasida esa ipak va jun mahsulotlaridan gilam ishlab chiqarilmoqda. Mehmonlar gilam to‘qish jarayonini bevosita kuzatishdi. Aytish kerakki, mazkur korxona yiliga 12,5 ming kv.m gilam ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lib, loyiha qiymati 7,0 mln dollarni tashkil etadi.

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    408
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+