Yana 21 nafar a’zo safimizga qo‘shildi

25.05.2022, 15:39

Yana 21 nafar a’zo safimizga qo‘shildi

O’zLiDeP Bandixon tumani Kengashi bugungi kunda mahallalarda yangidan ish boshlagan oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlar bilan ham hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda. Kengashning apparat rahbari Bahrom Yo‘ldoshev tuman oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha hokim o‘rinbosari, partiya faoli Intizor Mamasolayeva boshchiligida tumandagi 22 ta mahalla fuqarolar yig‘inidagi  oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlarni partiyamizga a’zo qildi. Shu kunning o‘zida yangi boshlang‘ich partiya tashkiloti ham ochilib, yangi safdoshlarga a’zolik guvohnomasi tarqatildi. Bir yo‘la BPT raisi ham saylab olindi.

Endilikda 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi ko‘rsatilgan 37- 69-maqsadlarda keltirilgan “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash, oila institutini mustahkamlash borasidagi ishlarni tizimli ravishda olib borish uchun ikkala tomonlar o‘rtasidagi hamkorlik yanada kuchayadi va asosiysi "Ayollar daftarida" turadigan xotin-qizlarni tadbirkorlik orqali ishsizligini ta’minlashga ko‘maklashiladi.

Shohista Allamurodova,

O‘zLiDeP Surxandaryo viloyati Kengashi

Ayollarning siyosiy faolligi, jamiyatdagi o‘rni va

 mavqiyeni oshirish bo‘lim mudiri

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    277
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+