O’zLiDeP faollari “Urgut EIZ” tarkibiga kiruvchi korxonalar faoliyati bilan tanishdi

25.05.2022, 17:01

O’zLiDeP faollari “Urgut EIZ” tarkibiga kiruvchi korxonalar faoliyati bilan tanishdi

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi xodimlari “Urgut EIZ” tarkibiga kiruvchi “URGUT MIKRO METAL” va “INNOVATION MED TOTAL” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari faoliyati bilan tanishdi.

Ta’kidlanganidek, yiliga 100 mln donadan ortiq shaxsiy va bolalar gigiyenasi vositalari ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan ushbu korxonada Xitoy davlatining eng so‘nggi zamonaviy texnologiyalari asosida shaxsiy gigiyena vositalarining 30 dan ortiq turlari ishlab chiqarilmoqda.

Korxonada 73 nafar ishchi-xizmatchilar mehnat qilmoqda. 2019-2021 yillarda korxonada 21 mlrd. so‘mlik 160 mln dona shaxsiy gigiyena mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Shu davrda 1,1 mln. AQSh dollarlik mahsulotlar Tojikiston, Afg‘oniston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston davlatlariga eksport qilingan.

Jumladan, so‘nggi yillarda mahalliylashtirish dasturi doirasida loyiha qiymati 460 ming AQSh dollari bo‘lgan Xitoy texnologiyasi asosida tish cho‘tkalari va skotch ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Natijada import o‘rnini bosuvchi va eksportbop sifatli mahsulotlar ishlab chiqarila boshlandi va 18 ta yangi ishchi o‘rni yaratildi. Bundan tashqari Sh.Mirboboyev hozirda shaxsiy gigiyena va bolalar mahsulotlari turini ko‘paytirish va yana bir qancha investitsion loyihalar ustida ishlamoqda. Nam salfetkalar, tish pastasi, bolalar oziqlanish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash loyihalari shular jumlasidan. Mazkur loyihalarni amalga oshirishda eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish maqsadida Sh.Mirboboyev ishlab chiqariladigan mahsulotlar sifatiga alohida e’tibor qaratmoqda.

Tadbir doirasida 10 nafar korxona xodimlari partiya a’zoligiga qabul qilinib, ularga a’zolik guvohnomalari topshirildi.

  • Ko'rildi
    219
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+