Konstitutsiyani takomillashtirish borasida sirdaryolik faol yoshlar o‘z takliflarini berdi
27.05.2022, 11:32
O`zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi a’zolari, deputatlar, tadbirkorlar, faol xotin-qizlar va yoshlar ishtirokida Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasida “Jamiyat – islohotlar tashabbuskori” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda konstitutsiyaviy islohotlarda partiyaning roli va aholi keng qatlamlarining fikr va takliflari muhimligi ta’kidlandi.
Ta’kidlash joizki, Oliy Majlis Senati Kengashi va Qonunchilik palatasi Kengashining qo‘shma majlisida O’zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya tuzilib, uning tarkibi va vazifalari belgilab berildi.
- Konstitutsiyaviy komissiya o‘z faoliyatini “jamiyat – islohotlar tashabbuskori” degan g‘oya asosida olib boradi, - dedi O‘zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi Apparat rahbari Shohista Bozorboyeva. -Komissiyaning asosiy vazifalaridan biri aholining barcha qatlamlaridan Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni yig‘ishdan iborat. Bugungi yig‘ilishimizdan ham maqsad shu.
Davra suhbatida ishtirok etgan viloyat Kengashi deputati, O’zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi raisining Ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari P.Ahmedjanova, Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi nodavlat-notijorat tashkilotlar bo‘limi yetakchi mutaxassisi Umidxon Qosimovlar mavzu yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi.
O`zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi yetakchi mutaxassisi Elyor Jo‘rayev davradagi yoshlarni bugungi mavzu yuzasidan tashabbus ko‘rsatishga chorladi va har bir faol yoshning fikr-mulohazalari muhim ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
O`zLiDeP Sirdaryo viloyat kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Yoshlarning biznesga qiziqishi yana-da ortmoqda
24.04.2024, 17:07
-
Talaba-yoshlarning partiya loyihalariga qiziqishi ortmoqda
09.04.2024, 19:25
-
Nukuslik yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirildi
31.03.2024, 09:59
-
Yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirildi
16.03.2024, 14:44
-
Deputat talabalarning ta’lim va ish bilan bandlik yo‘nalishidagi muammolari bilan qiziqdi
07.03.2024, 10:56
Fikringizni qoldiring