Konstitutsiyani takomillashtirish jarayonida quyi bo‘g‘in vakillari o‘z takliflari bilan faol ishtirok etmoqda

01.06.2022, 10:43

Konstitutsiyani takomillashtirish jarayonida quyi bo‘g‘in  vakillari o‘z takliflari bilan faol ishtirok etmoqda

O’zLiDeP Shayxontohur tuman Kengashi va Toshkent Metropoliteni qoshida ochilgan Boshlang‘ich partiya tashkiloti bilan hamkorlikda “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini takomillashtirish bo‘yicha tuzilgan milliy komissiya hamda konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirishda O’zLiDePning ishtiroki” mavzuida tadbir tashkil etildi.

- Amaldagi Konstitutsiya mamlakatimizda mustaqillik yillarida erishilgan yutuq va katta o‘zgarishlarning mustahkam huquqiy poydevori va eng asosiy kafolati bo‘lib keldi. Buni e’tirof etgan holda Asosiy qonunimizni jamiyatdagi bugungi real voqelikka, Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasidagi ulkan marralarga, shiddatli islohotlar o‘zaniga moslashtirish bugungi kunning asosiy talabidir. Zero, keyingi yillarda yurtimizda amalga oshirilayotgan, jamiyatimizni tubdan o‘zgartirayotgan keng ko‘lamli islohotlar zamirida Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi doirasida belgilab olingan zalvorli maqsadlar mujassam. Bu esa mustaqil yurtimizning buguni va ertasini hal qiluvchi jarayonlar davriga kirib kelganimizni yaqqol namoyon qilib turibdi. Mamlakatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichida ilgari surilayotgan, mohiyatan mutlaqo yangi vazifalar, Yangi O’zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida aks etgan ezgu maqsadlar, umidbaxsh intilishlar – shunga mos konstitutsiyaviy-huquqiy makon yaratilishini zarurat qilib qo‘ymoqda, - deydi O‘zLiDeP Shayxontohur tuman Kengashi raisi, Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi rahbari O.Ashirov.

Darhaqiqat, bugun barcha sa’y-harakatlar, muxtasar aytganda, inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan ekan, Bosh qomusimizga kiritiladigan barcha o‘zgartishlarning negizida ham O’zbekistonda kechayotgan islohotlar mohiyatini belgilovchi “Inson qadri uchun” ulug‘vor g‘oyasi yotganligini ko‘rishimiz mumkin.

Tadbir ishtirokchilari o‘z takliflarini va fikr-mulohazalarini bildirdilar. Tadbir savol-javoblar bilan ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi

Matbuot xizmati.

  • Ko'rildi
    406
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+