Jizzaxda 30 ta quyi bo‘g‘in yetakchisining ishi qoniqarsiz deb topildi

13.03.2018, 18:17

Jizzaxda 30 ta quyi bo‘g‘in yetakchisining ishi qoniqarsiz deb topildi

Shu kunlarda O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashidagi boshlang‘ich partiya tashkilotlarida bo‘lib o‘tayotgan hisobot-saylov yig‘ilishlari quyi bo‘g‘inlar oldida turgan yangi vazifalarni belgilab olishda muhim omil bo‘layotir.

– Har qanday tashkilotning muvafaqqiyati, avvalo, quyi bo‘g‘inlar faoliyatiga bog‘liq, – deydi O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi BPT bilan ishlash guruhi rahbari Xolbek Asatov. – Hisobot-saylov yig‘ilishlari davomida quyi bo‘g‘inlarning o‘tgan yildagi faoliyati tahlil qilinib, kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha taklif-tavsiyalar berildi. Masalan, Arnasoy tumanidagi 10 ta boshlang‘ich partiya tashkilotida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda yetakchilarning hisobot davridagi faoliyat qoniqarsiz deb topilib, ular o‘rniga yangi yetakchilar saylandi. Tumanda kechayotgan iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarda partiyaviy faollikni oshirishga oid o‘nlab takliflar bildirildi.

Ta’kidlash kerak, ayni kunlarda O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi tarkibida 641 ta BPT faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu quyi bo‘g‘inlar o‘z safiga 17013 nafar maslakdoshimizni birlashtirgan. Bugungacha viloyatimizdagi O‘zLiDePning 96 ta boshlang‘ich tashkilotida hisobot-saylov yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi. 30 quyi bo‘g‘in yetakchisining ishi qoniqarsiz deb topildi va yetakchillikka yangi nomzodlar saylandi.

O‘zLiDeP  Jizzax  viloyat  

Kengashi  matbuot  xizmati

O‘zLiDePning Facebook va Instagramdagi rasmiy sahifasi hamda Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    1230
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+