Qashqadaryolik talaba-yoshlar ishtirokida “Konstitutsiyaviy islohotlar - yoshlar nigohida” mavzuida muloqot tashkil qilindi

09.06.2022, 09:59

Qashqadaryolik talaba-yoshlar ishtirokida “Konstitutsiyaviy islohotlar - yoshlar nigohida” mavzuida muloqot tashkil qilindi

Shu kunlarda Bosh qomusimiz bo‘lgan Konstitutsiyamizni yanada takomillashtirish yuzasidan joylarda keng aholi vakillari, turli soha mutaxassislari, mahalliy kengashlar deputatlari, partiya faollari orasida uchrashuvlar, muloqotlar tashkil qilinib, asosli takliflar olinmoqda.

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov ishtirokida Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi bo‘yicha “Konstitutsiyaviy islohotlar - yoshlar nigohida” mavzusida deputatlar, professor-o‘qituvchilar, talabalar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Davra suhbatida so‘zga chiqqan partiya rahbari Aktam Xaitov ishtirokchilar diqqat-e’tiborini joriy yilning 20 may kuni Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi Kengashlarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tganligiga, unda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va ko‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan milliy Konstitutsiyaviy komissiya tashkil etilganiga qaratdi.

Ta’kidlanganidek, bu borada Konstitutsiyaviy islohotlar jarayonini aholining keng qatlamiga tushuntirish, Bosh Qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarda har bir O’zbekiston Respublikasi fuqarosi, shu jumladan, mazkur institutining  tajribali va bilimli professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlarining ham fikr va takliflari muhim ahamiyatga ega.

Yig‘ilishda Yangi O’zbekiston Taraqqiyot strategiyasi milliy rivojlanishimizning yangi bosqichini boshlab berganligini, “inson – jamiyat – davlat” degan   tamoyil ustuvorlik kasb etayotgani,  bugungi  ulkan o‘zgarishlar mamlakatimizdagi o‘rta sinfning asosini tashkil qiluvchi siyosiy kuch O’zLiDeP elektorati manfaatlariga ham to‘la mos kelishi, partiya  dasturida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi inson, uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmati, or-nomusi, ehtiyojlari va manfaatlariga qaratilgani bilan ahamiyatli ekanligi ta’kidlandi.  

Talaba-yoshlarga konstitutsiyaviy islohotlarning ahamiyati, tushuntirib o‘tildi va talaba – yoshlar ham o‘z fikr va takliflarini bildirib o‘tishdi. Jumladan, xususiy mulk daxlsizligini Asosiy Qonunimizda qat’iy belgilash, xususiy mulk daxlsizligi kafolatini kuchaytirish borasidagi takliflar dolzarb ahamiyatga ega ekanligi aytib o‘tildi.

Muloqotda bildirilgan barcha takliflar umumlashtirilib, konstitutsiyaviy komissiyaga taqdim qilishga kelishib olindi.

  • Ko'rildi
    581
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+