50 nafar xotin-qizlar bandligini ta’minlagan baxmallik tadbirkor “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining Jizzax viloyat bosqichida qatnashadi

13.06.2022, 16:36

50 nafar xotin-qizlar bandligini ta’minlagan baxmallik tadbirkor “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining Jizzax viloyat bosqichida qatnashadi

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, siyosiy jarayonlar tub mazmun-mohiyatini keng targ‘ibot-tashviqot qilishda, yurtimiz iqtisodiyoti, kichik biznes va xususiy sektorning rivojlanishida faol ishtirok etayotgan shijoatli, tashabbuskor xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning vatanimiz kelajagi yo‘lidagi intilishi, izlanishlaridagi faol ishtirokini rag‘batlantirish tufayli bugunning zamonaviy tadbirkor ayol qiyofasini yaratish, ayollar o‘rtasida tadbirkorlik va fermerlikni rivojlantirish, rag‘batlantirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish hamda ayollarning jamiyatdagi faolligini yanada oshirishda har yili an’anaviy tarzda  o‘tkazib kelinayotgan  “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining o‘rni katta. 

Tobora ommalashib borayotgan ko‘rik-tanlovining Baxmal tuman bosqichida hunarmand, tikuvchi, to‘quvchi, gilamchi, naqqoshlar hamda tadbirkor xotin-qizlar  ishtirok etishdi.

Hakamlar hay’ati xulosalariga ko‘ra, 50 nafar xotin-qizlar bandligini ta’minlagan “Chevarlik siri” MChJ rahbari Muhayyo Baratova mutloq g‘olib bo‘ldi, 20 nafar ish o‘rni yaratgan “Zebo tekstil” MChJ rahbari Qarshigul Jumanqulova ikkinchi, kashtachilik hamda gilamchilik yo‘nalishi bo‘yicha oilaviy tadbirkor Lola Egamberdiyeva uchinchi o‘ringa munosib, deb topildi. Shuningdek, turli xil nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar  partiya tuman Kengashinig diplom va estalik sovg‘alari  bilan taqdirlandi.

  • Ko'rildi
    389
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+