“Ishbilarmon ayol -2022” ko‘rik tanlovining Zomin tumani bosqichi g‘olibi aniq bo‘ldi
20.06.2022, 16:36

Har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan O’zLiDePning “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichlari yangi-yangidan tadbirkor opa-singillarimizni kashf etishda davom etmoqda.
O’zLiDeP Zomin tuman Kengashi Ayollar masalalari bo‘yicha rais o‘rinbosari, tuman xotin-qizlar tadbirkorligi markazi raisi S.Bekmurodova, partiya tuman Kengashi raisining o‘rinbosari A.Sodiqov, tuman Oila va xotin qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi mutaxasislari, tadbirkor va fermer ayollar va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar ishtirok etgan ko‘rik-tanlovning tuman bosqichi haqiqiy tajriba almashish va muloqot maydoniga aylandi.
Tajribali hay’at a’zolari 18 nafar ish o‘rni yaratgan YaTT Nuriya Abdullayevani g‘olib, deb topdilar. 14 nafar ish o‘rni yaratgan “Maxsudaxon chevar” MChJ raisi Maqsuda Jo‘rayeva ikkinchi, 11 nafar ish o‘rni yaratgan yana bir YaTT Tojinor Rustamova uchinchi o‘ringa munosib ko‘rildi.
Ko‘rik-tanlovning g‘olib va sovrindorlariga O’zLiDeP Zomin tuman Kengashining Diplom va estalik sovg‘alari topshirildi.
Primqul Nurmatov,
O’zLiDeP Zomin tuman Kengashi
apparat rahbari
O'xshash yangiliklar
-
Xotin-qizlarning tadbirkorlikka oid ko‘nikmalari oshirildi
27.01.2023, 18:09
-
O’quv-seminarning navbatdagisi Murojaatnomada xotin-qizlar yo‘nalishidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlandi
27.01.2023, 18:08
-
O’zLiDeP faoli 51 nafar ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta’minladi
25.01.2023, 15:51
-
“Ayollar qanoti” – chinakamiga qanot bo‘lyapti
13.01.2023, 11:40
-
Deputatlar ko‘magida 2 nafar ayolga tikuv mashinkalari olib berildi
11.01.2023, 16:30
Fikringizni qoldiring