“Konstitutsiyaviy islohotlarda yoshlarning o‘rni” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi
24.06.2022, 17:07

O`zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Yoshlar bilan ishlash bo‘limi tomonidan Chilonzor tuman Davlat xizmatlar markazi anjumanlar zalida “Konstitutsiyaviy islohotlarda yoshlarning o‘rni” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbirda so‘z olganlar Prezidentimizning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish va tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashuvidagi nutqi mazmun-mohiyati hamda konstitutsiyaga kiritilayotgan qo‘shimcha o‘zgartishlar to‘g‘risida, ushbu islohotlarda yoshlarning o‘rni g‘oyat muhim ahamiyat kasb etishi, Bosh qomusimizda amalga oshiriladigan barcha o‘zgarishlarning tub mohiyatida yotadigan asosiy g‘oya, O’zbekistonda amalga oshirilayotgan intilishlarning mazmun-mohiyatini belgilab beruvchi tamoyil “Inson qadri uchun” shiorida o‘zining yaqqol aksini topganligi ta’kidlab o‘tildi.
Muloqot jarayonida ishtirokchilar o‘z takliflarini va fikr-mulohazalarini bildirdilar. Tadbir so‘ngida bir qancha yoshlar O`zLiDeP safiga qabul qilindilar va ularga partiya a’zolik guvohnomasi hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
O'xshash yangiliklar
-
Yangi O’zbekistonning yanada taraqqiy etishi uchun bor kuch va g‘ayratimni ayamayman
10.08.2022, 16:02
-
Deputat yoshlar bilan uchrashdi
10.08.2022, 15:55
-
Mustaqillik yoshlar taqdirida
10.08.2022, 15:53
-
Qo‘ng‘irotlik mahalla yoshlari tadbirkorlik sub’ektiga sayohat qilishdi
05.08.2022, 16:01
-
Mustaqilligimizning 31 yillik tantanasi munosabati bilan joylarda madaniy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda
05.08.2022, 14:19
Fikringizni qoldiring