O’zLiDeP “Ayollar qanoti” hamda Oila va xotin-qizlar Davlat qo‘mitasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi

27.06.2022, 18:11

O’zLiDeP “Ayollar qanoti” hamda Oila va xotin-qizlar Davlat qo‘mitasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi va O’zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar Davlat qo‘mitasi o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Hamkorlikdan ko‘zlangan maqsad 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilab berilgan vazifalar ijrosiga qaratilgan.

Bu borada O’zLiDeP hamda Oila va xotin-qizlar Davlat qo‘mitasi xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, tadbirkor va fermer xotin-qizlarning siyosiy, huquqiy, iqtisodiy savodxonligini oshirish, ularning huquqlarini himoya qilish, ayniqsa, jamiyatning eng ilg‘or qatlami tadbirkor va ishbilarmon xotin-qizlarning tajribasini ommalashtirish, liberal-demokratik g‘oya va qadriyatlarni xotin-qizlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish, o‘z tadbirkorligini boshlamoqchi bo‘lgan xotin-qizlarga nazariy va amaliy jihatdan yaqindan ko‘maklashish, joylarda, ayniqsa chekka qishloqlarda yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkor va fermer ayollar faoliyatida uchrayotgan mavjud muammolarni o‘rganib chiqish va ijobiy hal etish borasida aniq amaliy ishlar olib boriladi

Shu bilan birga o‘zbek xalqi uchun muqaddas bo‘lgan oila asoslarini yanada mustahkamlash, xonadonlarda tinchlik-xotirjamlik, ahillik va o‘zaro hurmat muhitini yaratish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni aniq mazmun bilan to‘ldirish, ayollar o‘rtasida jinoyatchilik, oilalarda ajralishlar ko‘paygani, yoshlarning turli diniy-ekstremistik oqimlar va terroristik tashkilotlar ta’siriga tushishi kabi xalqimizga xos bo‘lmagan achchiq va noxush masalalarning oldini olish ishlarini amalga oshirish, shuningdek, “Bunyodkor ayollar”, “Ishbilarmon ayol”, “Sog‘lom oila-mustahkam oila”, “Farovon oila”, “Bir deputat – yuz ayolga ko‘makchi!”, “O‘zLiDeP faoli - islohotlar targ‘ibotchisi!”, “Namunali tomorqachi ayol-farovonlik bunyodkori!” loyihalarini amalga oshirish ham ko‘zda tutilgan.

  • Ko'rildi
    335
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+