Konstitutsiyaviy qonun loyihasi mahallalarda targ‘iboti olib borilyapti

25.07.2022, 14:52

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi mahallalarda targ‘iboti olib borilyapti

Ayni kunlarda "O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Andijon tumani "Rovvot" MFYda joylashgan oilaviy shifokorlik punktida tashkil qilingan muloqotda O‘zLiDeP Andijon tuman Kengashi qoshidagi faxriylar kengashi a’zolari, partiya faollari, tibbiyot xodimlari va deputatlar ishtirok etdi. Tadbir ishtirokchilariga Konstitutsiyaviy qonunning ishlab chiqish jarayonlari, uning mazmun-mohiyati xususida atroflicha ma’lumot berildi.

Uchrashuv davomida tibbiyot xodimlari Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan o‘z takliflarini ham bildirib o‘tdilar.

Shuningdek, Andijon tumani “Rovvot” mahallasi aholi vakillari ishtirokida ham Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar bo‘yicha xalq fikrini bilish, kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni keng aholiga yetkazish maqsadida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgarishlarga aholi vakillari o‘z takliflarini bildirdi.

  • Ko'rildi
    451
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+