Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasi mahalladagi yoshlar yetakchilari ishtirokida o‘tkazildi

25.07.2022, 18:13

Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasi mahalladagi yoshlar yetakchilari ishtirokida o‘tkazildi

“O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining umumxalq muhokamasi joylarda davom etmoqda.

O'zLiDePning barcha quyi bo‘g‘ini, mahalliy kengashlar deputatlari, partiya faollari ushbu sa’y-harakatlarda faol qatnashyapti.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, O'zLiDeP fraksiyasi rahbari, partiya Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov ishtirokidagi navbatdagi tadbir O’zbekiston Yoshlar ishlari agentligining Navoiy shahridagi mahallarda faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda so‘z olgan partiya yetakchisi Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlarning tub mohiyatida yotadigan inson qadri, uning barcha huquq va erkinliklarini ta’minlash, uning sha’ni, qadr-qimmati va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar, yoshlar va ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning aynan bosh qomusimiz bo‘lgan Konstitutsiyada muhrlab qo‘yilayotgani yuzasidan tushunchalar berildi.

Faol yoshlarning bu boradagi qiziqtirgan savollari va mas’ullar tomonidan berilgan javoblar, shuningdek Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan ishtirokchilarning bildirgan fikr-mulohazalari hamda qo‘llab quvvatlashlari uchrashuvni ochiq va samimiy ruhda o‘tishida turtki bo‘ldi.

O'zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    368
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+