Jarqo‘rg‘onda aholiga qanday tibbiy-ijtimoiy ko‘mak berildi?

25.07.2022, 18:49

Jarqo‘rg‘onda aholiga qanday tibbiy-ijtimoiy ko‘mak berildi?

O’zLiDeP Jarqo‘rg‘on tumani Kengashi deputatlik guruhi tomonidan Taraqqiyot strategiyasidagi 53-, 56-maqsadlarida keltirilgan Aholi uchun kafolatlangan ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash, ehtiyojmand qatlamlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini oshirish, budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, tibbiy xizmatlarni markazlashtirish va aholini tibbiy sug‘urtalash amaliyotini joriy qilishni o‘rganish maqsadida eshituv tashkil qilindi. Unda Jarqo‘rg‘on tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining o‘rinbosari R.Odinayev, tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi bosh vrachi J.Mustapov hamda Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limi boshlig‘i Sh.Eshqobilovlarning xisoboti tinglandi.

Jarqo‘rg‘on tumanida 2 ta shifoxona va uning xududiy bo‘limlari, jami 279 o‘rinli oilaviy poliklinikalar, 1 ta tez yordam markazi va uning 12 ta shoxobchalari, 17 ta xususiy sektordagi tibbiyot muassasalari fuqarolarga xizmat ko‘rsatmoqda.

Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli barcha DPMlar 121 turdagi dori-darmon hamda tibbiy buyumlar bilan ta’minlangan bo‘lib, hududdagi maktablarda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar olib borilmoqda.

Qisqartirilgan budjet koykalaridan endokrinologiya va nevrologiya bo‘limlari ochish bo‘yicha viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga takliflar kiritildi. Tumanda sil kasalligi bilan og‘rigan bemorlarni qamrab olish va tibbiy ko‘riklar o‘tkazilish chora-tadbirlari tuzildi. 11 nafar gemodializga muhtoj bo‘lgan bemorlar ro‘yxati shakllantirilib, ularga kerakli dori-darmonlar ajratildi.

Tumanda olis xududlarda tez yordam shaxobchasilari aholisi qayta taqsimlanib muammoli xududlar bartaraf qilindi. Bugungi kunda ushbu shaxobchalar 41 turdagi dori-darmonlar bilan ta’minlangan.

Tuman tibbiyot birlashmasining birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalariga uzoq bo‘lgan 5 ta mahallasi (Kamar, Oftobqo‘rg‘on, Qo‘shtepa, Mingchinor, Jinjaktepa)ga barcha sharoitlari yaratilgan tibbiy konteynerlar o‘rnatilib aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi, ikkinchi bosqichda 3 ta mahallasi (Maslahattepa, Mustaqillik, Qumqishloq)ga o‘rnatilib ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Endokrin kasalliklarini erta aniqlash va oldini olish bo‘yicha viloyat endokrinologiya markazi xodimlari bilan xamkorlikda seminar tashkil etildi, unda tuman tibbiyot birlashmasida faoliyat olib borayotgan barcha oilaviy shifokorlar o‘qitildi. Birlamchi tibbiy sanitariya yordami muassasalarida faoliyat olib borayotgan shifokorlarning ishtirokida tumandagi barcha endokrin kasalliklari bilan kasallangan bemorlarni xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi.

Shuningdek, sayyor tibbiy qabullarda ham ko‘plab bemorlarga salomatligini tiklash uchun zarur tavsiyalar va amaliy ko‘mak ham berildi.

Eshituvda o‘tgan yarim yil mobaynida ushbu yo‘nalishda qilingan ana shu kabi ishlar tahlil qilindi. Kamchiliklarni esa bartaraf etish choralari belgilandi.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    789
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+