Poytaxtlik tadbirkorlar ishtirokida muloqot o‘tkazildi
01.08.2022, 12:06

“Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va uni 2022 yil – inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi”dagi belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tuzilgan O’zLiDeP ishchi guruhi amaliy ishlarni davom ettirmoqda.
O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi va Chilonzor tuman Kengashi bilan hamkorlikda “Eksportni rivojlantirish – iqtisodiy taraqqiyot asosi” mazusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Akrom Alimov, O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari Jasur Achildiyev, Toshkent shahar Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi Eksport salohiyatini oshirish bo‘limi bosh mutaxassisi Abdunosir Ibragimov, tadbirkorlar ishtirok etdilar.
Uchrashuvlar chog‘ida tadbirkorlar va o‘z tadbirkorligini endi boshlamoqchi bo‘lgan fuqarolar o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolari yuzasidan ishchi guruhiga murojaat qilishdi. Ko‘pgina muammoli masalalar joyida hal etildi va qolgan murojaatlar o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqish uchun nazoratga olindi. Shuningdek, muloqot jarayonida ishtirokchilar o‘z takliflarini va fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Tadbir savol-javoblar bilan ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
O'xshash yangiliklar
-
Deputatlar tadbirkorlarning takliflarini o‘rgandi
29.09.2023, 15:47
-
Tadbirkorlar muvaffaqiyatga erishish sirlari bilan o‘rtoqlashdi
22.09.2023, 15:22
-
Deputatlar va tadbirkorlar muloqotida qilingan murojaatlar nazoratga olindi
21.09.2023, 17:22
-
Tajribali tadbirkor olotlik yoshlar bilan uchrashdi
14.09.2023, 11:37
-
Tadbirkor muvaffaqiyatga erishishning muhim omillari haqida gapirdi
11.09.2023, 16:37
Fikringizni qoldiring