Asakalik tadbirkorlar faoliyati o‘rganildi

03.08.2022, 16:56

Asakalik tadbirkorlar faoliyati o‘rganildi

So‘nggi yillarda yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantirish va xususiy biznesning barqaror o‘sishini ta’minlash borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayniqsa, hududlarda ishlab chiqarishning muttasil o‘sishini ta’minlash, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar ko‘lamini kengaytirish, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha sezilarli darajada ijobiy o‘zgarishlarga erishildi.

O‘zLiDeP Asaka tumani Kengashi tomonidan "Asaka jeans" mas’uliyati cheklangan jamiyatida hududlarning o‘sish nuqtalari va aholi daromadlarini oshirish yuzasidan tashkillashtirilgan tadbir ham fikrimizning yaqqol dalili. Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad, partiya tomonidan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, huquqiy maslahatlar berish, tadbirkorlarning joylardagi faoliyatini amalga oshirishda to‘siq bo‘layotgan muammolarni tezkorlik bilan hal etishda amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi.

- Tadbirkor elga madadkor degan ibora bejizga aytilmagan, - deydi partiya faoli, "Asaka jeans" MChJ rahbari Akbarjon Umaraliyev. O’z mehnatlari bilan  o‘zlarining turmushini obod etib,  yurtimiz taraqqiyotiga  ham munosib hissa qo‘shayotgan ishbilarmonlar tumanimizda ko‘p. Tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda O’zLiDeP doimo bosh-qosh bo‘lmoqda.

Ushbu bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga huquqiy asoslangan javoblar olishdi. Bu kabi o‘tkazilayotgan uchrashuvlar aholini qiynab kelayotgan barcha muammolarga o‘z vaqtida yechim topishiga xizmat qiladi.

  • Ko'rildi
    322
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+