Mustaqillik – tog‘dek tayanchimiz, qudratli zaminimizdir

10.08.2022, 15:59

Mustaqillik – tog‘dek tayanchimiz, qudratli zaminimizdir

O`zLiDeP Toyloq tuman Kengashi tomonidan tumandagi tashkilotlar, mahalalarda partiya quyi bo‘g‘inlarida “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz”! g‘oyasi asosida “Mustaqillik – tog‘dek tayanchimiz, qudratli zaminimizdir” mavzusida davra suhbatlari, ochiq muloqot va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Partiya faollari, tumandagi MFY raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari  ishtirok etgan tadbirda yurtimizda olib borilayotgan islohotlar natijasi, mustaqilligimizning 31 yilligini munosib kutib olish, istiqlol davrida erishayotgan yutuqlar to‘g‘risida so‘z yuritildi

Davra suhbatida so‘z olgan O`zLiDeP Toyloq tuman Kengashi raisi Ziyadullo Avazov O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatini tshuntirib o‘tdi.

Akmal Mirzoyev,

 O`zLiDeP Toyloq tuman Kengashi

apparat rahbari

  • Ko'rildi
    480
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+