Korxona ishchilari partiya safiga qo‘shildi

12.08.2022, 16:03

Korxona ishchilari partiya safiga qo‘shildi

O'zLiDeP Pop tuman Kengashi tashabbusi bilan "Shaxobiddin shukrona" MChJ da mustaqilligimizning 31 yillik bayrami munosabati bilan korxona xotin-qizlari ishtirokida davra suhbati tashkillandi.

So‘z olgan partiya vakillari Prezidentimizning “O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida"gi qarorida belgilab berilgan "Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz” bosh g‘oyasining mazmun-mohiyatiga, mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, xususan, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularga oilada va jamiyatda munosib o‘rin egallashlari uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir yakunida 8 nafar xotin-qizlar o‘z istaklari bilan partiya a’zoligiga qabul qilindilar.

  • Ko'rildi
    336
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+