Deputatlar bank rahbarlarining hisobotini tingladi

16.08.2022, 10:58

Deputatlar bank rahbarlarining hisobotini tingladi

Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashidagi O`zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi galdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash borasida “Agrobank” ATB Arnasoy filiali boshqaruvchisi o‘rinbosari Jamol Norbekovning axboroti tinglandi.

Mutasaddi o‘z hisobotida ta’kidlaganidek, farmon ijrosini ta’minlash bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

 Xususan, joriy yil hisobot davrida 514 nafar fuqarolarga Yunistrim, “Zolotoya korona”, Kontakt xalqaro pul o‘tkazmalari orqali 236 480 AQSh dollari miqdorida xorijiy davlatlardan pul qabul qilingan. Oyma-oy tahlil qilinganda xizmatlar ortib borishini kuzatish mumkin.

 “Agrobank” ATB tuman filiali kirim kassasi orqali 2017 yildan bugungi kunga qadar 1 303 nafar fuqarolardan 3 158 056 AQSh dollari qabul qilingan bo‘lsa, joriy yilning avgust oyigacha 149 nafar fuqarolardan 686 02 AQSh dollari qabul kilingan.

 Shuningdek, 2017 yildan 2022 yilning 1 avgust davri oralig‘ida “Agrobank” ATB tuman filialiga xorijiy valyuta olish bo‘yicha 734 nafar fuqarolar murojaat qilishgan. Ularga 2 410 734 AQSh dollari miqdorida xorijiy valyutalar sotilgan.  2022 yilning hisobot davrida ushbu ko‘rsatgich 148 nafar fuqarolarga 446 120 dollarni tashkil etadi.

Yig‘ilish davomida deputatlar kun tartibidagi mavzu yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini bildirib o‘tib, mutasaddining hisobotini qoniqarli deb topdilar.

Javlon Abdushukurov,

 O`zLiDeP Arnasoy tuman Kengashi

apparat rahbari

  • Ko'rildi
    234
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+