Ishchi guruh a’zolari Quva tumanidagi “Quvonchbek Zohidjon” fermer ho‘jaligi faoliyati bilan tanishdi

19.08.2022, 15:19

Ishchi guruh a’zolari Quva tumanidagi “Quvonchbek Zohidjon” fermer ho‘jaligi faoliyati bilan tanishdi

O’zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi tomonidan Prezidentimizning 2022 yil 2 fevraldagi “Chorvachilikni yanada rivojlantirish va chorva ozuqa bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda “Yangi O’zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga qaratilgan Quva tumanidagi “Quvonchbek Zohidjon” fermer ho‘jaligida amaliy uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir ishtirokchilari Perezidentimizning chorvachilik tarmoqlarini yanada rivojlantirish, chorvachilik xo‘jaliklarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, chorva ozuqa bazasini yanada ko‘paytirish hamda chorvachilikda band bo‘lgan aholining chorva ozuqasiga bo‘lgan talabini qondirish yo‘nalishida belgilab bergan vazifalarning amaliy natijalari bilan yaqindan tanishdilar.

Ilg‘or innovatsiya usullariga tayangan chorvadorning fermasida bugungi kunda 800 bosh naslli qo‘ylar boquvga qo‘yilgan. O’tgan 2021 yil yakuni bo‘yicha 87 ming tonna go‘sht mahsuloti aholi iste’moli uchun yetkazib berilgan bo‘lsa, joriy yilning 1 avgust holatiga bu ko‘rsatkich 110 ming tonnaga yetdi. Yil yakuniga qadar 130 tonna mahsulot yetkazilishi rejalashtirilgan.

Amaliy uchrashuv davomida ishtirokchilar tadbirkorning izlanishlari natijasida fermada omuxta yem ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yilganligining ham guvohi bo‘ldilar.

Tuman hokimligi va boshqa mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda “Daladan–dasturxongacha” tamoyili asosida tuman ichki bozoriga arzonlashtirilgan narxlarda go‘sht mahsulotlari yetkazib berishni yo‘lga qo‘ygan.

Bo‘lib o‘tgan amaliy muloqotlar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollari yuzasidan yetarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

  • Ko'rildi
    398
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+