Deputat tashabbusi bilan mahalla hududiga elektr temir-beton simyog‘ochlar o‘rnatib berildi

22.08.2022, 16:54

Deputat tashabbusi bilan mahalla hududiga elektr temir-beton simyog‘ochlar o‘rnatib berildi

Shaxrixon tumanidagi “Qipcha qo‘rg‘on” mahallasidagi simyog‘ochlar ancha eskirib qolgandi. Ba’zilari qo‘lbola usulda o‘rnatilgani bois, u yerda yashovchi aholi uchun xavfli edi. Shu bois ularni yangilash zarurati tug‘ildi.

Ushbu masala yuzasidan mahalla ahli tumandagi 30-saylov okrugidan saylangan O'zLiDeP Shaxrixon tuman Kengashi deputatlik guruhi a’zosi, tuman Kengashi deputati Elyorbek Mamajonovga murojaat qilishdi. Deputat darhol masalani ijobiy hal qilish uchun ishga kirishdi.

U deputatlik so‘rovi bilan tegishli tashkilotlarga murojaat qildi. Deputatning so‘rovnomalari besamar qolmadi. Mahalla hududidagi Birlashgan ko‘chasiga 23 dona simyog‘ochlar o‘rnatildi.

Saylovchilar mamnun. Deputat yengil tin oldi. Aholining yana bir muammosini hal qilgani ularning ishonchlarini oqlayotgani namunasi. Birgina “rahmat” eshitib, duo olishning zavqini yurakdan his qilishning o‘zi baxt. Deputat mana shu Baxt uchun yashamoqda.

  • Ko'rildi
    495
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+