Shahar va tuman deputatlarining hamkorlikda o‘tkazgan sayyor qabuli natijadorligi

25.08.2022, 17:00

Shahar va tuman deputatlarining hamkorlikda o‘tkazgan sayyor qabuli natijadorligi

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati, senator Shavkat Ayupov hamda xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashi deputati Sanjarbek Kumushevlar tomonidan "Kamolot", "Yangi Kamolot", "Yalang‘och" va "Shalola" mahallalarida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazilgan edi. Qabulda asosan nogironligi bor, uzoq muddatdan beri betob hamda tibbiy davolanishlarga muhtojligi bois qiyin ahvolga tushib qolgan fuqarolar murojaat bilan ishtirok etishdi. Fuqarolarning muammolari deputatlar tomonidan o‘rganib chiqilgach, ushbu fuqarolarni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Sahovat va ko‘mak" jamg‘armasining Toshkent shahar bo‘limiga murojaat qilishga kelishib olindi.

Murojaat qilgan fuqarolarning tegishli tibbiy hujjatlarini jamlash va maxsus komissiyaga taqdim etish ishlari S.Kumushev tomonidan tashkil qilindi hamda hujjatlar o‘rganilib, masala xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritildi va deputatlar tomonidan ma’qullandi. Natijada, 4 ta mahalladan murojaat qilgan 17 nafar fuqaroga jami 57 mln.so‘m miqdorida yordam puli ajratildi.

 Keyingi bosqichda "Poytaxtbank" AJ tomonidan har bir fuqaroga plastik karta ochilib, jamg‘arma tomonidan ajratilgan mablag‘ mazkur plastik kartalarga tushirildi. Joriy yilning 19 avgust kuni esa, yakuniy bosqichda, tuman Kengashi deputati S.Kumushev tomonidan "Yalang‘och" MFY binosiga  xalq deputatlari Toshkent shahar deputati, senator Sh.Ayupov va "Poytaxtbank" AJ vakili taklif etilib, plastik kartalar tushirilgan mablag‘larni o‘z egalariga shaxsan topshirish jarayoni amalga oshirildi. Yurish imkoniyati cheklangan fuqarolarga plastik kartalar ularning xonadonlariga olib borib taqdim etildi.

Xulosa o‘rnida ta’kidlash joiz-ki, shahar va tuman deputatlari hamkorligida o‘tkazilayotgan sayyor qabullar aholi muammolarini o‘rganish bilan bir qatorda ularning aniq yechimini ham topishga xizmat qilmoqda.

  • Ko'rildi
    197
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+