Ellikqal’alik yoshlar uchun tadbirkorlik sub’ektlariga sayohat tashkil qilindi
13.09.2022, 16:12
Yurtimizda tadbirkorlik azaldan xalqimiz uchun xos bo‘lgan va jamiyatda yuksak qadrlangan. Hozirgi kunda tadbirkorlik sohasi kasb bayrami sifatida o‘tgan yildan boshlab belgilanib kelinmoqda.
O’zLiDePning bosh vazifasi xususiy tadbirkorlik, kichik biznes va fermerlik harakatini, ayniqsa, ularning shakllanishi bosqichida qo‘llab-quvvatlash siyosatini davom ettirish hamda aholini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilishdan iborat.
O’zLiDeP Ellikqal’a tuman Kengashi tomonidan yoshlarni tadbirkorlikka kengroq jalb etish, yosh tadbirkorlar safini yanada kengaytirish, o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlab bugungi kunda muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida tuman yoshlari uchun “Bo‘ston - optimal” MChJ ga sayohat tashkil qilindi.
Korxona rahbari J.Jabbarov yoshlarga o‘z faoliyatini boshlashda ko‘proq nimalarga e’tibor qaratish kerakligi, biznes loyiha, kredit olish va bozorni o‘rganish bo‘yicha yoshlarga o‘z tajribasidan kelib chiqib, maslahat va tavsiyalar berdi.
Sayohat davomida yoshlar korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati, xoridorbopligi, ishchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Tadbirkor bilan yuzma-yuz muloqot davomida yoshlar tadbirkorlik sohasiga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar olishdi.
O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Yoshlarning biznesga qiziqishi yana-da ortmoqda
24.04.2024, 17:07
-
Talaba-yoshlarning partiya loyihalariga qiziqishi ortmoqda
09.04.2024, 19:25
-
Nukuslik yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirildi
31.03.2024, 09:59
-
Yoshlarning moliyaviy savodxonligi oshirildi
16.03.2024, 14:44
-
Deputat talabalarning ta’lim va ish bilan bandlik yo‘nalishidagi muammolari bilan qiziqdi
07.03.2024, 10:56
Fikringizni qoldiring