Deputat nogironligi bo‘lgan shaxslar va bemorlar holidan xabar oldi

19.09.2022, 11:05

Deputat nogironligi bo‘lgan shaxslar va bemorlar holidan xabar oldi

“Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da aholi turmush farovonligini yanada yahshilash, keksa-nuroniylar, bemorlar va nogironlgigi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvaatlash hamda Prezidentimiz raisligida joriy yil 29 aprel kuni ehtiyojmand aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan ustivor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputati Qobiljon Dadabayev tashabbusi bilan saylov okrugi xududidagi To‘quvchi va Mustaqillik mahallalarida xonadonma - xonadon yurib hayriya tadbirlar tashkil etildi.

Unda asosiy e’tibor nuroniylar, pensionerlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa toifalarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga qaratildi. Xayriya tadbirlari davomida ehtiyojmand xonadonlardagi keksalar, nogironlar va bemorlar holidan xabar olinib, ularga oziq-ovqat va momiq sochiq mahsulotlari tarqatildi. 

Bu kabi tadbirlardan ko‘zlangan maqsad bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar inson uchun va uning qadr-qimmati uchun amalga oshirilayotganini keng targ‘ib etishdan iborat.

  • Ko'rildi
    354
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+