ShHT Samarqand sammiti Yangi O’zbekiston yoshlari yorqin kelajagi uchun muhim o‘rin tutadi

20.09.2022, 16:00

ShHT Samarqand sammiti Yangi O’zbekiston yoshlari yorqin kelajagi uchun muhim o‘rin tutadi

Barchamizga ma’lum, Samarqand shahrida o‘tkazilgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida 8 ta a’zo mamlakat O’zbekiston, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, 3 ta kuzatuvchi maqomidagi mamlakat Belarus, Eron, Mo‘g‘uliston va 4 ta mehmon sifatida taklif etilgan mamlakat Turkiya, Ozarbayjon, Turkmaniston, Armaniston davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etdi.

Avval tashkilotga a’zo davlatlar yetakchilarining tor doiradagi majlisi, so‘ng barcha delegatsiyalar ishtirokidagi kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Yakunda bir qator muhim hujjatlar imzolandi.

Xususan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev

- Eron Prezidenti bilan mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari;

- Pokiston Bosh vazir bilan o‘zaro savdo hajmini oshirish va sanoat kooperatsiyasi loyihalarini ilgari surish imkoniyatlari;

- Ozarbayjon Prezidenti bilan oliy darajadagi kelishuvlar ijrosining borishi muhimligi;

- Tojikiston Prezidenti bilan ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibining eng dolzarb masalalar;

- Belarus Prezidenti bilan iqtisodiy masalalar - savdo tarkibini yangilash, mahalliylashtirish va import o‘rnini bosish loyihalari;

- Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalari;

- Turkiya Prezidenti bilan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikning yangi loyihalari va istiqbolli dasturlari va Rossiya Prezidenti bilan ham muzokaralar o‘tkazib, hududlar o‘rtasida amaliy aloqalarni kengaytirish masalalari kelishib olindi.

Bundan tashqari, Prezidentimiz Hindiston Bosh vaziri Narendra Modini qabul qilib, o‘zaro savdoni oshirish, farmatsevtika, tibbiyot, terini qayta ishlash, IT, to‘qimachalik sohalarida biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, Hindistonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqishdi.

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo Davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi uchrashuvidan so‘ng Prezidentimiz nutq so‘zlab, bir qator masalalar barobarida quyidagi taklarni bildirdi. Xususan, ShHT doirasida universitet rektorlari forumi, madaniyat va turizm kunlari, qo‘shma sport tadbirlari va universiadalar singari qo‘shimcha formatlarni ta’sis etish zarurligini alohida qayd etdi.

O’z navbatida Prezidentimiz tomonidan bu kabi tashabbuslarni ilgari surilganligi, sammit ishtirokchilari tomonidan takliflarni qo‘llab quvvatlanganligi kelajakda yoshlarimizning ta’lim, sport, madaniyat va barcha sohalarda ulkan marralarga erishishlariga zamin bo‘ladi.

Jamshid Jalolov,

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi

Yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri.

  • Ko'rildi
    261
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+