Deputatlar Chiroqchi tuman xalq ta’limi bo‘limi mudirining hisobotidan qoniqish hosil qilishmadi

21.09.2022, 11:50

Deputatlar Chiroqchi tuman xalq ta’limi bo‘limi mudirining hisobotidan qoniqish hosil qilishmadi

Xalq deputatlari Chiroqchi tuman kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishida tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri Farhod Jumanovning “Prezidentimizning “2022-2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni hamda “Xalq ta’limini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash borasida tumanda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti eshitildi.

 - Tumanimizda 127 ta ta’lim muassasalari bo‘lib, ularda 52 213 nafar o‘quvchilar ta’lim-tarbiya olayotir, - dedi u. - 4900 nafar o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. “Hayot davomida o‘qish”  tamoyili asosida pedagog xodimlarning kasbiy mahorati va faoliyat samaradorligini muntazam oshirib borilayotir. Ular Qarshi Davlat universiteti Shahrisabz pedagogika instituti, akademik litsey, ixtisoslashgan maktablarning malakali o‘qituvchilaridan hamda xalq ta’limi bo‘limi uslubchilaridan iborat “Mobil metodik guruhlar” tomonidan o‘tkazilayotgan o‘quv seminarlarida bilim va malakalarini mustahkamlashyapti. Respublika budjetidan ajratilgan 9,725 mlrd. sum mablag‘lar evaziga tumanda investitsiya dasturi asosida Qoraburug‘ MFYda  31-maktabda qiymati 6,480 mlrd. so‘mlik yangi 650  o‘rinli 2 ta maktab binolarini,  Langar MFYda joylashgan qiymati 3,245 mlrd. so‘mlik 165-maktabda 140 o‘rinli ikkita binoni  rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi. Obod qishloq dasturi bo‘yicha esa jami 11,25 mlrd so‘m mablag‘lar evaziga 3 ta maktab, jumladan, 22-maktabda 781,0 mln. so‘mlik, 34-maktabda 1594,0 mln. so‘mlik, 35-maktabda esa 887,5 mln. so‘mlik qiymatdagi qurilish ishlari olib borilib, maktablar mukammal ta’mirdan  chiqariladi, 170- maktabda loyiha qiymati 7,850 mlrd. so‘mlik 420 o‘quvchi o‘rniga mo‘ljallangan yangi o‘quv binosi rekonstruksiya qilinadi.

Deputatlar bo‘lim mudirining hisobotidan qoniqmaganliklarini, unda aniqlik yo‘qligi, 2080 nafar o‘quvchilar o‘qishi sharoit yaratish ishlari o‘lda-jo‘lda ekanligi, tumandagi maktablarning 80 foizini ikki smenali bo‘lib, bolalarning bilim va tarbiya olishlari uchun xalaqit qilayotganini,  tumanning olis va chekka hududlardagi maktablarga yetishmayotgan aniq va tabiiy fanlar, xorij tili o‘qituvchilarini boshqa tumanlardan taklif etgandan ko‘ra, mahalliy kadrlarni  tayyorlashga e’tibor qaratish haqida aytib o‘tdilar.

 Shuningdek, guruh a’zolari va partiya faollari ishtirok etgan yig‘ilishda ta’limda zamonaviy metodikalarga o‘tish, o‘qituvchilarning saviyasiga talabni kuchaytirish, bolalarni kasbga yo‘naltirish, maktablarni yuqori tezlikdagi internetga ulash, o‘qituvchilar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish, o‘quvchilar ongiga vatanparvarlik tuyg‘ularini va milliy qadriyatlarni singdirish, boy madaniy-tarixiy meros, milliy urf-odatlar, buyuk ajdodlarimiz ma’naviy merosini o‘rganishlari uchun sharoitlarni yaratish, bolalarni sayyohlik sohalariga ommaviy jalb qilish tizimini kuchaytirish,  turizm va o‘lkashunoslik bo‘yicha bilim darajasini oshirish borasidagi ishlar talabga javob bermasligi ta’kidlandi.

Yig‘ilish so‘ngida “Obod qishloq” dasturi bo‘yicha maktablar qurish va ta’mirlash ishlarini deputatlar nazoratiga olish yuzasidan qaror qabul qilindi. 

Asilabonu SULTONOVA,

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi

 Siyosiy ta’lim va deputatlik guruhlari bilan

ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    583
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+