“Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida bo‘lajak shifokor yoshlar bilan uchrashuv tashkil qilindi

26.09.2022, 17:59

“Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida bo‘lajak shifokor yoshlar bilan uchrashuv tashkil qilindi

O'zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi tomonidan “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida talaba yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil qilindi. 

Muloqotda so‘z olganlar mamlakatimizda keyingi yillari yoshlarga qaratilayogan e’tibor, yoshlarga oid davlat siyosati doirasida yoshlar faoliyatiga doir muhim qaror va farmonlarning qabul qilinishi, unda yoshlarning ham taklif va fikrlari ham o‘rin olayotganligi yoshlarga qaratilayotgan yana bir e’tibor namunasi ekanligini qayd etishdi. 

Uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyevning ShHT Samarqand sammitidagi nutqi, uning xalqaro miqyosdagi tarixiy ahamiyati, erishilgan yutuqlari to‘g‘risida so‘z yurtildi.

Tadbirda qayd etildiki, Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo Davlat rahbarlari kengashining tor doiradagi uchrashuvidan so‘ng Prezidentimiz nutq so‘zlab, bir qator masalalar barobarida quyidagi takliflarni bildirdi. Xususan, ShHT doirasida universitet rektorlari forumi, madaniyat va turizm kunlari, qo‘shma sport tadbirlari va universiadalar singari qo‘shimcha formatlarni ta’sis etish zarurligi muhim ahamiyat kasb etadi.

O’z navbatida Prezidentimiz tomonidan bu kabi tashabbuslarni ilgari surilganligi, sammit ishtirokchilari tomonidan takliflarni qo‘llab-quvvatlanganligi kelajakda yoshlarimizning ta’lim, sport, madaniyat va barcha sohalarda ulkan marralarga erishishlariga zamin bo‘ladi.

Tadbir yakunida o‘zining faolligi va tashabbuskorligi bilan ajralib turgan 11 nafar iqtidorli va bilimli talabalar partiya kadrlar zahirasiga olindi.

Shuxrat Atajanov,

O'zLiDeP Xorazm viloyat   Kengashi tashkiliy,

partiyaviy va istiqbolli kadrlar bilan  ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    236
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+