"Durdona" loyihasi doirasida durdona asarlar targ‘ib qilindi

27.09.2022, 16:39

 O'zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” hamda Abu Ali ibn sino nomidagi Buxoro viloyat axborot-kutubxona markazi hamkorligida O'zLiDePning “Durdona” ma’rifiy loyihasi doirasida “Kitob-ma’naviyat sarchashmasi” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Ma’lumki, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Besh tashabbus” doirasidagi muhim vazifalardan biri ayollar va yoshlar o‘rtasida kitobxonlik  madaniyatini oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

 “Durdona” ma’rifiy loyihasi aholi, ayniqsa, ayollar o‘rtasida mumtoz adabiyotimiz va san’atimiz durdonalarini targ‘ib etish, ularning ongida milliy an’ana va qadriyatlarga nisbatan hurmat-ehtirom hissini shakllantirish orqali “ommaviy madaniyat”ga qarshi immunitet hosil qilish, unutilib borayotgan ma’naviy merosimizni ommalashtirishda xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Darhaqiqat, “Durdona” loyihasidan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad  – yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni turli salbiy illatlar ta’siridan asrab, ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, kitobga bo‘lgan muhabbatini uyg‘otishdan iboratdir. Yoshlarni, ayniqsa uyda o‘tirgan xotin-qizlarning turmush darajasini yanada yuksaltirish va siyosiy bilimini oshirishda badiiy adabiyotlarning  o‘rni beqiyosdir.

Tadbir davomida O'zLiDeP ning dasturiy maqsad-vazifalari xususida so‘z yuritilib, uning saflarini kengaytirish davr talabi ekanligi aytib o‘tildi.

Tadbir so‘ngida viloyat axborot-kutubxona markazi mas’ul xodimlari tomonidan jahon va o‘zbek adabiyoti namoyondalarining “Robinzon Kruzoning hayoti va ajoyib sarguzashtlari”, “Ufq”, “Boy ota, kambag‘al ota”, “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” singari asarlarining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.

  • Ko'rildi
    381
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+