BPTda tashkil etilgan tadbirda dolzarb masalalar ilgari surildi

27.09.2022, 16:42

BPTda tashkil etilgan tadbirda dolzarb masalalar  ilgari surildi

O’zLiDeP Uychi tuman Kengashi tomonidan tumandagi 1- sonli kasb - hunar kolleji binosida “BPTlarda samarali targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish va undagi a’zolar safini yanada kengaytirish” borasida davra suhbati o‘tkazildi.

Davra suhbatida Namangan viloyat Kengashi BPT lar bilan ishlash guruhi rahbari Bonu Isoqova hamda Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi mudiri Dilnoza Holmatova, partiya Faxriylar Kengashi raisi Ne’matjon Raximov va tuman Kengashi apparat rahbari Adiba Xolmirzayeva, BPT raislari hamda talaba yoshlar ishtirok etishdi.

Unda partiya tuman Kengashining quyi negizlari tomonidan joylarda keng aholi qatlamlari o‘rtasida  partiyaning hayotbaxsh g‘oya va maqsadlarini targ‘ib qilish, ayniqsa, 2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasining ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish maqsadida tashkil etilayotgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlari samaradorligini oshirishda faol qatnashish to‘g‘risida fikr-mulohazalar yuritildi.

Shuningdek, partiya a’zolarining sonini kengaytirib, ular orasidan o‘zining mustaqil fikri va siyosiy pozitsiyasiga ega, safdoshlarini o‘z ortidan ergashtira olish qobiliyatiga ega, puxta bilimli, dunyoqarashi keng munosib nomzodlarni  BPT  raislari etib saylash va ular orqali siyosiy kuch sifatida partiya faoliyati, partiyaning maqsad va vazifalari, elektoratimiz bo‘lgan tadbirkor va ishbilarmonlar fermerlarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar, tadbirkorlarimiz uchun yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlarni partiya vakillariga yetkazishlarida faol bo‘lishlari haqida ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

Ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan BPT raislari bilan joylarda  targ‘ibot tadbirlari hamda partiya a’zolari safini yanada kengaytirishda olib boriladigan ishlar maqsad qilib belgilab olindi.

Suhbat yakunida 8 nafar xayrihoh yoshlar hamda 5 nafar o‘qituvchilar partiya a’zolari safiga qabul qilindi.

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    368
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+