Ishchi guruh: Boyovutda yoshlar yetakchilari ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlashga e’tibor qaratyapti

08.10.2022, 10:51

Ishchi guruh: Boyovutda yoshlar yetakchilari ishsiz yoshlarning bandligini ta’minlashga e’tibor qaratyapti

Ayni kunlarda O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi apparatidan hududlarga biriktirilgan mas’ul tashkilotchilar tomonidan viloyat, tuman va shahar Kengashlari faoliyatini o‘rganish hamda ularga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, partiya Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi mas’ul xodimi J.Jalolov Sirdaryo viloyatida o‘rganishlari davomida Boyovut tuman Kengashi faoliyatini ham o‘rgandi.

O’rganishlar davrida, bugungi kunda tuman Kengashida 5756 nafar tarafdorlarni birlashtirgan 79 ta boshlang‘ich partiya tashkiloti mavjudligi, Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashidagi partiya deputatlik guruhi a’zolari soni 14 nafarni tashkil etishi, yutuqlar bilan bir qatorda mavjud kamchiliklar ham tanqidiy tahlil qilindi hamda kelgusidagi vazifalar yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

O’rganish jarayonida yoshlar yo‘nalishiga alohida to‘xtalib o‘tildi. A’zolarning 3911 nafari yoshlar vakillari hisoblanadi. Shuningdek, bugungi kunda yangi tashkil etilgan lavozim – yoshlar yetakchisi sifatida faoliyat olib borayotgan 39 nafar yoshlarning 37 nafarini O’zLiDeP a’zolari tashkil etadi. Jarayon davomida J.Jalolov mas’ul xodimlar ishtirokida tumandagi Farxod MFY Yoshlar yetakchisi Gupronqulov Nurmuhammad faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi. Yil boshidan “Yoshlar daftari”ga 27 nafar yoshlar kiritilgan bo‘lib, ayni kunga qadar 21 nafar yoshlar ro‘yxatdan chiqarilgan.

Bundan tashqari, joriy yilda yoshlar daftari jamg‘armasi tomonidan 7 nafar yoshlarga oliy o‘quv yurtida o‘qishi uchun kontrakt-to‘lov pullari to‘lab berilgan.  Qolaversa, jamg‘arma 4 nafar yoshlarga subsidiya asosida ish o‘rni yaratish maqsadida tikuv asbob-uskunalari bilan ham ta’minlagan.

Vakil yoshlar daftaridagi yoshlar bilan ko‘rishib, ish faoliyatini ham ko‘zdan kechirdi. Shu mahallada istiqomat qiluvchi, yoshlar daftari jamg‘armasidan subsidiya asosida asbob uskuna olgan Go‘zal To‘ychiyeva bugungi kunda o‘zi qatori tengqur bo‘lgan yoshlarni ishsiz bo‘lmasligini istab, ustoz-shogird an’anasini davom ettirgan holda tikuvchilik yo‘nalishida saboq berib, ish bilan ta’minlagan.

-Juda yosh bo‘lishimga qaramasdan, bugun mening o‘z shogirdlarim bor. Eng muhimi, ular o‘z tengqurlarim, mahalladoshlarim. Erta tongdan shu ishxonamizga kelib o‘z ish faoliyatimizni boshlaymiz. Shogirdlarga bilim berish bilan birga, buyurtmalar qabul qilamiz. Hamma o‘quvchilarim hatto o‘zim ham kunlik daromad egasiman. Mehnatga yarasha o‘z mablag‘imiz bor, - deydi G.To‘ychiyeva.

Joylarda o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Teglar
Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    274
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+