Ishchi guruh: “Jizzax Kentex” MCHJda yangi BPT faoliyati yo‘lga qo‘yildi

10.10.2022, 13:52

Ishchi guruh:  “Jizzax Kentex”  MCHJda yangi BPT faoliyati yo‘lga qo‘yildi

O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Matbuot xizmati rahbari Elmurod Panjiyev, partiya Jizzax viloyat Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari Sherzod Mamatqulov, partiya faollari hamda deputatlardan iborat ishchi guruh a’zolari “Jizzax” maxsus iqtisodiy zonasida bo‘lib, “JIZZAX KENTEX” MCHJ faoliyati bilan tanishdilar.

Mazkur korxonada Shveysariyadan keltirilgan zamonaviy asbob-uskunalar o‘rnatilgan bo‘lib, asosan, xalqali kalava ip ishlab chiqariladi. Ayni paytda korxonada 910 nafar kishining bandligi ta’minlangan bo‘lib, ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 80 foizi Turkiya, Germaniya, Xitoy kabi davlatlarga eksport qilinmoqda.

Joriy yilning o‘tgan vaqti davomida korxonada 209,5 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lsa, eksport hajmi 14692,7 ming AQSH dorllarini tashkil qildi.

Ishchi guruh a’zolari dastlab korxonada ishchi-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar, ish sharoitlari bilan yaqindan tanishib, korxona mehnat jamoasi bilan yaqindan muloqotda bo‘ldilar.

O‘zaro muloqotlar chog‘ida mehmonlar korxona xodimlariga so‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustivor yo‘nalishlari, O’zLiDePning hozirgi kunda amalga oshirayotgan faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdilar.

E’tiborli tomoni, o‘zaro suhbatlarda korxona xodimlari partiya faoliyatiga katta qiziqish bildirib, ishchi guruh a’zolariga o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollar bilan murojaat qilishdi. Ushbu savollarga javob berish chog‘ida, O’zLiDeP ning dasturiy maqsad va vazifalari, partiyaviy loyihalar va ularning amaldagi ijrosi xususida ham atroflicha ma’lumotlar berildi hamda korxona mehnat jamoasi a’zolari partiya safiga kirishga da’vat qilindi.

Natijada partiya safiga kirish istagida bo‘lgan 30 nafar yangi a’zolar ro‘yxati shakllantirilib, ularga O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashining estalik sovg‘alari topshirildi. Endilikda mazkur korxonada ham yangi BPT faoliyat yo‘lga qo‘yiladigan bo‘ldi.

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi Matbuot xizmati

Teglar
BPT Ishchi guruh
  • Ko'rildi
    325
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+