Sportning bir nechta turi bo‘yicha mahalla yoshlari o‘rtasida deputat kubogi o‘tkazildi

10.10.2022, 14:04

Sportning bir nechta turi bo‘yicha mahalla yoshlari o‘rtasida deputat kubogi o‘tkazildi

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Shavkat Kurbanbayev tashabbusi bilan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sportga jalb etish, ularning sog‘lom hayot kechirishlarini ta’minlash maqsadida turli sport musobaqalarini tashkil qilib kelmoqda.

Deputat o‘z okrugi hududiga qarashli “Anorzor” va “Husniobod” mahallalari yoshlari o‘rtasida sportning stol tennisi, shashka va shaxmat turlari bo‘yicha Deputat kubogini o‘tkazdi.

Musobaqada 60 nafarga yaqin o‘g‘il va qizlar qatnashdi, qizg‘in bo‘lib o‘tgan bahslar yakunida g‘olib, sovrindorlar medal va sovg‘alar bilan taqdirlandilar. Shuningdek, Yunusobod tumani “Xusnobod” mahallasida yoshlar o‘rtasida tashkil etilgan shashka-shaxmat va stol tennisi sport turlari buyicha 53-maktab o‘quvchilari faol ishtirok etib faxrli 1-2-3-o‘rinlarni egalladilar.

  • Ko'rildi
    544
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+