Ishchi guruh: Partiyaning hududiy kengashlari faoliyati o‘rganilmoqda
11.10.2022, 11:27

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi mas’ul xodimi N.Radjapov va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi xodimlaridan tarkib topgan ishchi guruhlar partiya faoliyatini yanada jonlantirish, partiyaning asosiy tayanch bo‘g‘ini bo‘lgan BPTlar faoliyati tizimini yaxshilash, elektoratimiz vakillari va maslakdoshlarimiz safini yanada kengaytirish borasida joylarga chiqib, o‘rganish ishlari va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
Bugungi kunda O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashining 76 mingdan ziyod a’zolari 1021 ta boshlang‘ich partiya tashkilotiga biriktirilgan holda faoliyat olib bormoqda.
Ishchi guruh Ellikqal’a tumani faoliyati bilan tanishdi.
Uchrashuvda ishchi guruh vakillari partiyaning tayanch tuzilmalari tomonidan aholining keng qatlamlari o‘rtasida partiyaning hayotbaxsh g‘oya va maqsadlarini targ‘ib qilish, deputatlik guruhi ishlarini yanada jonlantirish, partiyaning maqsad va vazifalari, elektoratimiz bo‘lgan tadbirkor va ishbilarmonlar, fermerlarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar, tadbirkorlarimiz uchun yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlarni partiya vakillariga yetkazishlarida faol bo‘lish haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.
Partiyaning Ellikqal’a tuman Kengashi a’zolarining to‘rt mingga yaqini 71 ta boshlang‘ich partiya tashkilotiga biriktirilgan bo‘lsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidan 2 nafar va Xalq deputatlari Ellikqal’a tuman Kengashi deputatlaridan 8 nafar deputatlarimiz faoliyat olib bormoqda.
Ishchi guruhning o‘rganish ishlari Beruniy tumanida ham davom etdi.
O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Ishsiz xotin-qizlarga mahorat darsi tashkil etildi
10.11.2023, 15:52
-
Maslakdoshlarimiz safi o‘smoqda
25.10.2023, 12:03
-
Buxoro shahrida O'zLiDeP tayanch bo‘g‘inlari soni 98 taga yetdi
23.10.2023, 16:04
-
Tadbirkorlik sub’ektida partiyaning yangi quyi bo‘g‘ini ish boshladi
10.10.2023, 17:09
-
Tashviqotlar davomida yangi BPT faoliyati yo‘lga qo‘yildi
21.09.2023, 17:21
Fikringizni qoldiring