Deputat saylovchilar murojaatini ijobiy hal qildi
13.10.2022, 09:59
Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashidagi O`zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Jasurbek Rejavaliyev bilan aholi ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda “Qoraqalpoq” mahallasi Iftixor ko‘chasidagi eskirgan transformatorni yangilash hamda ko‘chalarda yaroqsiz holatga kelgan simyog‘ochlarni almashtirish borasida murojaat qilingan edi.
Xalq vakili muammoga ijobiy yechim topish maqsadida Andijon viloyati elektr tarmoqlari korxonasi AJga deputatlik so‘rovi yubordi.
Deputatlik so‘rovi asosida tuzilgan ishchi guruhi tomonidan tegishli mutaxassislar ishtirokida muammolar joyida o‘rganib chiqilib, hal etilishi lozimligi aniqlandi.
Shunga ko‘ra Andijon viloyati elektr tarmoqlari korxonasi AJ tomonidan Iftixor ko‘chasidagi eskirgan transformator o‘rniga ta’mirlangan yangi transformator o‘rnatilib, yaroqsiz holga kelgan va qo‘lbola yasalgan simyog‘ochlar o‘rniga 25 ta zamonaviy temir beton tayanchlari o‘rnatildi.
“Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da aholi turmush farovonligi yaxshilash borasida olib borilayotgan bu kabi ishlardan mahalla aholisi mamnun ekanliklarini bildirishdi.
O'xshash yangiliklar
-
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi - mamlakatimiz rivojidagi yangi imkoniyatlar eshigidir!
04.05.2024, 20:11
-
Baliqchilik ishbilarmon ayollar saralanyapti
04.05.2024, 20:10
-
O‘zaro manfaatli va ishonchli hamkorlik yangi marralarga chorlaydi
04.05.2024, 20:04
-
Ohangarondagi ishbilarmon ayollar faoliyati qo‘llab-quvvatlandi
04.05.2024, 20:01
-
Jondorlik deputatlar va mahalla faollari bilan muloqot qilindi
04.05.2024, 18:01
Fikringizni qoldiring