Xo‘jayli tumanidagi ishlab chiqarish korxonalari va tomorqa egalari faoliyati o‘rganildi

13.10.2022, 10:18

Xo‘jayli tumanidagi ishlab chiqarish korxonalari va tomorqa egalari faoliyati o‘rganildi

Partiya yetakchisi Aktam Xaitov "Xo‘jayli un mahsulotlari" MChJ faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Mazkur un zavodi joriy yil avgust oyining oxirlarida ishga tushirilgan bo‘lsa, faoliyatini boshlaganiga ko‘p bo‘lmadi. Ta’kidlanganidek, umumiy loyiha qiymati  30,4 mlrd so‘m bo‘lib, yiliga 50 ming tonna un ishlab chiqarish quvvatiga ega.

- "Mikrokreditbank"ning 1,8 mlrd dollarlik krediti va o‘z hisobimdan 10 mlrd so‘mlik mablag‘ ajratib, chet davlatdan zamonaviy un ishlab chiqarish uskunasini olib keldim, - dedi korxona rahbari  Yusufbek Karimov.

Korxonada ichshilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan, tumandagi “temir daftar”, “ayollar va yoshlar daftari”ga kiritilgan 70 nafardan ziyod ishsiz fuqarolar ish bilan ta’minlandi.

Spiker o‘rinbosari korxona rahbari bilan muloqot qilar ekan, korxonada ishlab chiqarilayotgan un mahsulotining narxini yanada arzonlashtirish, faoliyatini yanada kengaytirish borasida o‘z taklif va tavsiyalarini aytib o‘tdi.

Aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish hamda bozorlarda narxlar barqarorligini  ta’minlashda tomorqa va dehqon xo‘jaliklari yer maydonlaridan samarali foydalanish naqadar muhimligi barchamiz ma’lum. 

Aytish kerakki, yerdan unumli va oqilona foydalanish dehqonchilikda muhim ahamiyat kasb etadi. O’z ishining ta’limini olgan dehqon borki, albatta, bu jihatning samarasini yaxshi biladi. Tumandagi "Shag‘alako‘l"  mahalla fuqarolar yig‘ini namunali mahalla hisoblanib, mahalla ahli asosan dehqonchilikka ixtisoslashtirilgan.

Mazkur mahalla turg‘uni G’ulom Nurimbetov ham uy oldi 50 gektar tomorqa yeridan unumli foydalanib kelayotgan tomorqachi xonadonlardan biri. 

Partiya yetakchisi G’ulom Nurimbetovning xonadonida bo‘lib, tomorqasini ko‘zdan kechirdi. Xonadon egasi tomorqa - daromad manbai ekanligini o‘z oilasi misolida aytib o‘tdi. Ro‘zg‘ordan ortgani ichki bozorga chiqarilayotganini qayd etdi.

Muloqot davomida Spiker o‘rinbosari xonadon egasiga yerlaridan unumli foydalanish borasida o‘z takliflarini berdi.

O'zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    503
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+