Deputat tumandagi qishloq ayollarini tabrikladi

15.10.2022, 11:12

Deputat tumandagi qishloq ayollarini tabrikladi

Ma’lumki, har yili 15 oktabr Xalqaro qishloq ayollari kuni butun dunyoda keng nishonlanadi.

Ayniqsa, qishloq ayollarining ijtimoiy-iqtisodiy hayotda faolligi ortib borayotgani jamiyatda ularning mehnati nechog‘li qadrli va ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi.

Xalq deputatlari Chimboy tuman Kengashidagi O'zLiDeP deputatlik guruhi  a’zosi  Tamara  Palvaniyazova  ham o‘zi saylangan xududda  15 oktabr  Xalqaro qishloq ayollari kuni bayrami munosabati bilan hududdagi qishloq xo‘jaligi sohasining turli sohalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning mehnat yo‘llari bilan ishtirokchilarni tanishtirib o‘tdi.

Xalq vakili T.Palvaniyazova gender tengligini ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlar mamlakatimiz hayotining barcha sohalari, jumladan, qishloq xo‘jaligi tarmoqlari rivojida ayollar ulushining ortishiga zamin yaratayotganini  alohida ta’kidladi.

Tadbir davomida tashkilotchilar tomonidan bir guruh qishloq ayollariga rag‘batlantiruvchi sovg‘alar tarqatildi va konsert dasturi bilan davom etdi.

O'zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    374
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+