Deputatlik eshituvi: Kegeyli tuman tibbiyot birlashmasi faoliyati tahlil qilindi

25.10.2022, 16:30

Deputatlik eshituvi: Kegeyli tuman tibbiyot birlashmasi faoliyati tahlil qilindi

Xalq deputatlari Kegeyli tuman Kengashidagi O'zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda tuman tibbiyot birlashmasida olib borilayotgan ishlar bo‘yicha Kegeyli tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i M.Dosbergenovning hisoboti tinglandi.

Sog‘liqni saqlash sohasi birlamchi tibbiy yordam, ayniqsa qishloq shifokorlik punktlari ishini takomillashtirish, tibbiy patronaj xizmati va aholiga chuqurlashtirilgan tez tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini yaxshilish borasida tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Tuman aholisiga 188 o‘rinlik markaziy shifoxona, 450 qabulga ega ko‘p tarmoqli poliklinika, 4 qishloq shifokorlik punkti, 4 qishloq oilaviy poliklinikasi xizmat ko‘rsatib kelyapti. Xotin-qizlar va bolalar salomatligini himoya qilish bo‘yicha tumanda 8 ming 325 nafar xotin-qiz chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tibbiy yordamga muhtoj 242 nafar xotin-qizlarga ham tibbiy yordam  ko‘rsatildi. 1 ming 94 nafar ayol  bepul dori-darmonlar bilan ta’minlandi. Joriy yilning 9 oyi davomida  643 nafar homilador xotin-qizlar ro‘yxatga olinib, ularning barchasi skrining tekshiruvidan o‘tkazildi. 

Deputatlik guruhi vakillari mansabdor shaxsning hisobotini tinglar ekan,  tuman tibbiyot birlashmasida joriy yilning shu kuniga qadar olib borgan ishlarni har tomonlama tahlil qilishdi, o‘zlarining fikr va takliflarini ham bildirib o‘tdi. 

O'zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    181
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+