Mahallaning 60 nafar xotin-qizlari bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

26.10.2022, 14:56

Mahallaning 60 nafar xotin-qizlari bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

O’zLiDeP Andijon tuman Kengashi “Ayollar qanoti” guruhi va hamkor tashkilotlar bilan “Sog‘lom oila mustahkam oila” loyihasi doirasida tumandagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida tibbiy- ko‘rik tashkil etildi.

Tibbiy-ko‘rik davomida "Oyjamol", "Sanoat" va "Baxt" mahallalaridagi “Temir”va “Ayollar” daftari ruyxatida turuvchi 60 nafarga yaqin xotin-qizlar, bolajonlar terapevt, lor, okulist boshqa xastaliklarni davolovchi malakali shifokorlar qabulida bo‘lib, UZI apparatidan o‘tkazildilar hamda mutaxassislarning tegishli maslahat hamda tavsiyalarni, tibbiy muolajalarni oldilar.

O’zLiDeP “Ayollar qanoti”ning “Sog‘lom oila – mustahkam oila” loyihasi doirasidagi istiqbolli tadbirlarning amaliy samarasi  natijasida shu kuni ishtirokchilar partiyaning dasturiy maqsad va rejalari, ayniqsa ushbu siyosiy tuzilmaning aholi sog‘lig‘ini muhofaza qilish bilan bog‘liq ustuvor maqsadlari va  vazifalari bilan yaqindan tanishdilar.

  • Ko'rildi
    310
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+