“Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida amaliy muloqot tashkil etildi

27.10.2022, 15:08

“Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida amaliy muloqot tashkil etildi

Andijon Davlat Pedagogika institutida “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida amaliy muloqot tashkil etildi.

Unda partiya viloyat Kengashi xodimlari, O‘zLiDeP Andijon viloyat kengash raisining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Elyorbek Niyozov, “Yoshlar qanoti” faollari, oliy ta’lim muassasasining professor o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda partiya “Yoshlar qanoti” tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar, tanlovlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, keyingi yillarda mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy yetuk va jismonan sog‘lom, barkamol avlodni voyaga yetkazish borasida muayyan ishlar amalga oshirilayotganini aytib, bu jarayonda O‘zLiDePning o‘rni va roli haqida ma’lumotlar berdi.

-Loyihadan ko‘zlangan maqsad yosh istiqbolli kadrlarni topish, malakasini oshirish, davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda jamoat tashkilotlariga tavsiya etish, kadrlar zaxirasini yosh mutaxassislar bilan ta’minlash, – deydi partiya viloyat Kengash raisi o‘rinbosari Elyorbek Niyozov. - Bu orqali oliy ta’lim bitiruvchilaridan amaldagi va istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish, ularni bosqichma-bosqich mo‘ljallangan lavozimlarga tayyorlab bormoqchimiz. Shu bois muloqot davomida ushbu masalaga alohida e’tibor qaratdik va siyosiy jarayonlarga qiziqish bildirgan 10 nafar talabani partiya istiqbolli kadrlari zaxirasiga oldik.

Tadbir davomida partiya viloyat Kengashi Andijon Davlat Pedagogika instituti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Shuhratbek Turg‘unov,

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    299
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+