Kosonda yangi quyi bo‘g‘in tashkil etildi
27.10.2022, 15:23

O‘zLiDeP Koson tuman kengashi tomonidan boshlang‘ich partiya tashkilotlari ishini jonlantirish, a’zolarni partiyaviy topshiriqlar bilan qamrab olish, aholi o‘rtasida dasturiy maqsadlarni targ‘ib etishda maslakdoshlar faolligini oshirish borasida qator g‘oyaviy-siyosiy, tashkiliy – partiyaviy ishlar amalga oshirilmoqda. O’tgan davr mobaynida tuman quyi bo‘g‘inlar soni oltitaga, a’zolari soni esa 230 nafarga ko‘paydi.
Dilfuza Azimova yigirma yildirki tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, yigirmadan ortiq xotin-qizlarni ish bilan ta’minlab kelmoqda. Mo‘g‘jagul mahallasida joylashgan oilaviy korxonasida o‘ttizdan ortiq turdagi kiyim-kechak va boshqa tikuvchilik mahsulotlari ishlab chiqariladi. Korxona qoshidagi “O’quv markazi”da har yili yuz nafarga yaqin yosh qizlar tikuvchilik, milliy kashtachilik, quroqchilik sirlarini o‘rganib, ro‘zg‘orlariga baraka kiritishmoqda. Korxona rahbari Dilfuza Azimova “Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida sovrindor bo‘lgan.
“Dilfuza Azimova” oilaviy korxonasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda tuman kengashi raisi O’ktam G’ofurov, apparat rahbari Ulug‘bek Boymurodovlar so‘zga chiqib, partiyaning dasturiy maqsadlari va aholi bandligi va farovonligini oshirish borasida amaliyotga tatbiq etayotgan loyihalari haqida so‘zlashdi. Bir guruh ishlovchilarning partiya safiga o‘tish haqidagi murojaatlaridan so‘ng, korxona qoshida boshlang‘ich tashkilot ochilib, ularning olti nafariga a’zolik guvohnomalari topshirildi.
Xurshida XOLMO’MINOVA,
O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi
BPTlar bilan ishlash guruhi rahbari.
O'xshash yangiliklar
-
Syezdga delegatlarini saylash — saylovga tayyorlanishining muhim bo‘g‘ini
25.05.2023, 20:45
-
O‘zLiDeP Toshkent shahar partiya tashkilotining navbatdagi konferensiyasi o‘tkazildi
25.05.2023, 20:30
-
Delegatlar saralandi
25.05.2023, 20:26
-
Hamkorlik va hamjihatlikda ishlaymiz
25.05.2023, 20:24
-
O‘zLiDeP XI syezdiga delegatlar saylanmoqda
25.05.2023, 20:22
Fikringizni qoldiring