Partiya qo‘yi bo‘g‘inlari faoliyati o‘rganilmoqda

28.10.2022, 15:03

Partiya qo‘yi bo‘g‘inlari faoliyati o‘rganilmoqda

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Siyosiy ta’lim markazi rahbari N.Alimov partiya viloyat Kengashi apparat rahbari B.Ochilov, O’zLiDeP Qorovulbozor tuman Kengashi mas’ullari hamrohligida “Buxoro neftni qayta ishlash zavod” MChJning Madaniyat saroyida tashkil etilgan ushbu zavod muzeyi eksponatlarini ko‘zdan kechirdilar.

Zavod haqida ikki og‘iz so‘z yuritadigan bo‘lsak, "TEKNIP" franuz kompaniyasining loyihalari asosida qurilgan mazkur zavodning texnologik jarayonini shakllantirish uchun Fransiyaning Neft Instituti, "Merikem" Amerika kompaniyasi va Gollandiyaning "Komprimo" litsenziyalari ishlatilgan. Zavod yiliga 2,5 million tonna neft va gaz kondensatini qayta ishlash quvvatiga ega. Ushbu turdagi benzin, aviatsiya kerosini, dizel yoqilg‘isi, uglevodorod eritmasi, yoqilg‘i, suyultirilgan gaz, oltingugurt kabi mahsulotlarning talabi juda ko‘p. Bu erda mahsulot sifatini oshirish, uni jahon standartlariga moslashtirishga qaratilgan dasturlar asosida "AI-91" va "AI-95" yuqori oktanli benzinli brendlarni takomillashtirish texnologiyasi o‘zlashtirildi. Yana bir yaxshilanish ekologik jihatdan qulay va past haroratga chidamli dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarishni sozlash edi. Bundan tashqari, "Boing" va "Aerobus" samolyotlariga mo‘ljallangan "Djet-A-1" jet yoqilg‘isi ishlab chiqarila boshlandi. 

Bugungi kunda zavodda 3022 ta malakali mutaxasislar tomonidan 18 turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Yuzdan ortiq maslakdoshlarmizni o‘z safiga birlashtirgan boshlang‘iya partiya tashkiloti faoliyat yuritib kelmoqda. Boshlang‘ich partiya tashkilotiga Xalq deputatlari Qorovulbozor tuman Kengashi deputati, O’zbekiston yoshlar ittifoqi “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MChJ boshlang‘ich tashkilot raisi  Jonibek Ziyayev boshchilik qilmoqda. Kelgusida partiya a’zolar sonini yanada ko‘paytirishga o‘zaro kelishib olindi.

Shu kunning o‘zida tumandagi “Anvarjon Metal Servis” MChJ  boshlang‘ich partiya tashkiloti faoliyati bilan ham yaqindan tanishgan holda partiyaning dasturiy maqsad va vazifalari  ijrosi  bo‘yicha o‘z fikr mulohazalarini  quyi bo‘g‘in faollariga bildirdilar. Partiya safini kengaytirish zarurligi uchrashuvlar davomida alohida ta’kidlandi. Nasimjon Alimov hamda partiya faollarining Buxoro viloyati mehnat jamoalari hamda kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlari  xodimlari bilan yuzma- yuz muloqotlari va uchrashuvlari davom etmoqda.

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    179
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+