Uzunda 67,5 milliard so‘mlik loyiha ishga tushirildi

28.10.2022, 15:20

Uzunda 67,5 milliard so‘mlik loyiha ishga tushirildi

Investitsiya kiritish orqali ishlab chiqarishni ko‘paytirish mamlakat iqtisodi o‘sishida katta rol o‘ynaydi. Qolaversa, bu odamlarni ish bilan band qilishga ham yordam beradi. Yurtimizda ushbu yo‘nalishdagi ishlarni tartibga solish uchun alohida dastur ishlab chiqilgan bo‘lib, bu borada Surxondaryoda ham ko‘plab loyihalar amalga oshirilmoqda. Xususan, Uzun tumanida 2022 yilning o‘tgan 9 oyi mobaynida jami 67,5 mlrd.so‘mlik 28 loyiha ishga tushirildi. Shundan, 43,8 mlrd. so‘mlik tashabbuskorlarning mablag‘i bo‘lsa, 23,7 mlrd. so‘m tijorat banklarining krediti hamda 50,0 ming dollar xorijiy investitsiya mablag‘lari o‘zlashtirildi.

O’zLiDeP Uzun tumani Kengashi deputatlik guruhi tomonidan tashkil etilgan eshituv yig‘ilishida aynan investitsiya dasturi yuzasidan bajarilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Tuman investitsiya bo‘limi boshlig‘i yaratilgan ish o‘rinlaridan tortib kelgusidagi rejalar xususida ham aytib o‘tdi.

Aytildiki, uningdek, loyihalar ishga tushgach, 290 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Bulardan tashqari 2022 yilda investitsiya dasturlariga kiritilmagan qo‘shimcha tarzda amalga oshirilishi rejalashtirilgan qiymati 8,2 mlrd.so‘m bo‘lgan 9 ta qo‘shimcha investitsiya loyihalari ham ishga tushirildi.

2022 yilning oxiriga qadar yana qiymati 309,4 mlrd. so‘m bo‘lgan 47 ta xududiy loyiha ishga tushirilishi va 703 ta yangi ish o‘rni yaratilishi belgilab olingan.

Deputatlar o‘zlashtirilgan investitsiya mablag‘lari bilan birga, tumanning eksport salohiyati bilan ham qiziqdilar. Eshiuv davomida mazkur yo‘nalishda yo‘l qo‘yilgan ayrim kamchiliklar muhokama qilindi.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    367
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+