Kuz-qish mavsumi tayyorgarligi masalasi sessiya kun tartibiga kiritiladi
01.11.2022, 16:44

O‘zLiDeP Chiroqchi tuman Kengashi deputatlik guruhining navbatdagi yigilishida hududgaz tuman filiali hamda elektr tarmoqlari boshliqlarining “Tumanda 2022-2023 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida hududlardagi ko‘p qavatli uylar, aholi xonadonlari, boshqa bilim maskanlarini tabiiy gaz va elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan” axborotlari eshitildi.
Tuman gaz ta’minoti nazorat bo‘limi boshlig‘i Qahramon Tillayevning ta’kidlashicha, tumanda tabiiy gazdan foydalanuvchilar soni 936, suyultirilgan gazdan foydalanuvchilar soni esa 51 ming 497 nafarni tashkil etadi. Ko‘p qavatli uylar to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, xonadonlardagi barcha isitish tizimlari ko‘zdan kechirib chiqildi. Yong‘in xavfsizligini oldini olish maqsadida qo‘lbola isitish uskunalaridan foydalanmaslik, is gazidan zaharlanishdan saqlanish, tabiiy gazdan foydalanish qoidalari bo‘yicha aholiga tushuntirish ishlari olib borildi. 19 ta gaz taqsimlash punktlari mavsumga tayyorlab qo‘yildi.
Shundan so‘ng tuman elektr tarmoklari korxonasi bosh injeneri Eshmo‘min Egamberdiyev kuz-qish oylarida aholini elektr nuri bilan barqaror ta’minlash borasida qilingan ishlar haqida ma’lumot berdi.
Ko‘rilgan masalalar yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari Farhod Elmurodov, Sherali Jo‘rayev, Muhiddin Hasanov, Allado‘st Ro‘ziyev, Ziyodulla Allamurodovlar so‘zga chiqib, tuman markazida yashovchi aholini aksariyat qismi tabiiy gazdan foydalanmayotganligi sabab qish oylarida elektr ta’minotida yuklamalar ko‘payib, uzilishlar sodir bo‘layotgani, tumanning olis joylarida yashovchi aholini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash yomonligi, tuman podstansiyasidagi uskunalar, ayrim aholi punktlaridagi transformator va simyog‘ochlar eskirib, yaroqsiz bo‘lib qolganligi bois elektr ta’minotida tez-tez uzilishlar sodir bo‘layotgani, mazkur kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish zarurligini aytib o‘tdilar.
Yig‘ilishda eshitilgan mazkur masalalarni kamchiliklar bartaraf etilgach, xalq deputatlari tuman Kengashining sanoat, transport, qurilish, kommunal masalalari va aholiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishida qayta eshitish va xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish yuzasidan qaror qabul qilindi.
O'xshash yangiliklar
-
Deputat fuqarolar murojaatini zudlik bilan hal qildi
01.12.2023, 15:12
-
Buxoro viloyat kengashi sessiyasida oilaviy tadbirkorlik masalasi muhokama qilindi
29.11.2023, 11:11
-
Hosilga yaroqsiz yerlarni qayta foydalanishga kiritish bo‘yicha qilanayotgan ishlar o‘rganilmoqda
28.11.2023, 15:45
-
Yoshlarga moliyaviy ko‘mak ajratilishida shaffoflik ta’minlanishi kerak!
23.11.2023, 19:09
-
Nurobodda 3 ta maktab faoliyati o‘rganilganda muammolar borligi aniqlandi
23.11.2023, 18:49
Fikringizni qoldiring