Jomboylik ishsiz xotin-qizlar uchun mahorat darsi tashkil qilindi

04.11.2022, 16:18

Jomboylik ishsiz xotin-qizlar uchun mahorat darsi  tashkil qilindi

O’zLiDeP Jomboy tuman Kengashi “Ayollar qanoti” tomonidan “Bunyodkor oila” loyihasi doirasida tuman Monomarkazida tikuvchilik yo‘nalishida o‘z faoliyatini boshlagan yakka tartibdagi tadbirkor ayol Dilbar Jumayevaning tikuvchilik sexida tumandagi “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turgan, tikuvchilikni o‘rganishni istagan xotin-qizlar uchun amaliyot darsi tashkil etildi.

2022 yil mart oyida ish boshlagan Dilbar Jumayeva bugungi kunga qadar 50 nafardan ortiq “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turgan xotin - qizlarga tikuvchilik sir-asrorlarini o‘rgatib kelmoqda va shartnoma asosida yirik tikuvchilik korxonalariga ishga joylashishga yordam qilmoqda.

Tadbir davomida ishtirokchilarga partiya faollari tomonidan “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O’zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni hamda “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” Davlat dasturi, partiya dasturi va Saylovoldi platformasida belgilangan xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, tadbirkorlik yo‘nalishidagi qonunchilikdagi yangiliklar va oila institutini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Zebi Yusupova,

O'zLiDeP Jomboy tuman Kengashi

apparat rahbari.

  • Ko'rildi
    289
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+