Saylovchilar murojaatlari deputat e’tiborida
09.11.2022, 17:34

Buxoro shahridagi “Do‘stlik” MFYda Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashi deputatligiga 2-To‘qimachi saylov okrugidan saylangan deputat Nargiza Dilova tomonidan aholi muammolarini o‘rganish va ularga yechim topish maqsadida navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv chog‘ida MFY aholisi tomonidan bir qator murojaatlar bildirildi. Uy –joylarni ta’mirlash, ko‘chalarni asfaltlashtirish hamda mahalladoshlarni ishga joylashtirish masalalari shular jumlasidandir.
Ma’lum bo‘lishicha, mahalla fukarosi Lola Sunchiliyeva va uning voyaga yetmagan farzandi uy-joysiz qolgan. Ushbu muammo deputat tomonidan o‘z vaqtida o‘rganilib bir qator aloqador tashkilotlar, xususan viloyat va shahar Reabilitatsiya markazlari, viloyat hokimligi boshqaruv apparati, bolalarni himoya qilish masalalari kotibiyati, Viloyat Oila va xotin-kizlar boshqarmasi mutaxassislari bilan hamkorlikda shu oilaga amaliy yordam ko‘rsatildi.
Shuningdek, MFY o‘ramidagi 39-uy 18 xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro Robiya Navruzovaning uy-joy masalasidagi murojaati ham batafsil o‘rganib chiqildi.
MFY fuqarolaridan yana biri Malika Sharipova chet eldan kelganligi uchun farzandlarini ta’lim muassasalariga joylashtirishga amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.
Deputat ko‘magida M.Sharapovaning farzandlaridan biri shahardagi 32-sonli umumta’lim maktabiga o‘qishga joylashtirilib, zarur darsliklar bilan to‘liq ta’minlangan bo‘lsa, kichik farzandi esa maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalanmoqda. Deputat N. Dilova tomonidan bu oilaga moddiy yordam ham ko‘rsatildi.
O'xshash yangiliklar
-
Hosilga yaroqsiz yerlarni qayta foydalanishga kiritish bo‘yicha qilanayotgan ishlar o‘rganilmoqda
28.11.2023, 15:45
-
Yoshlarga moliyaviy ko‘mak ajratilishida shaffoflik ta’minlanishi kerak!
23.11.2023, 19:09
-
Nurobodda 3 ta maktab faoliyati o‘rganilganda muammolar borligi aniqlandi
23.11.2023, 18:49
-
Romitanda oilaviy tadbirkoorlikni rivojlantirish dasturlarining ijrosi qay ahvolda?
10.11.2023, 16:56
-
Deputat boshchiligida 200 tup ko‘chat ekildi
06.11.2023, 18:52
Fikringizni qoldiring