Deputat mahallaning ehtiyojmand xotin-qizlariga saxovat ko‘rsatdi

15.11.2022, 14:34

Deputat mahallaning ehtiyojmand xotin-qizlariga saxovat ko‘rsatdi

O’zLiDeP  Andijon viloyat Kengashi tomonidan “Bir deputat yuz ayolga ko‘makchi” loyihasi doirasida amaliy muloqot tashkil etildi.

Paxtaobod tumani “Obod” hamda “Xayrobod” mahallalarida yashovchi  ayollar holidan xabar olinib,  ularning muammolariga quloq tutildi.  Shu kuni mazkur mahallalardagi “Ayollar daftari” ro‘yxatida turuvchi xotin-qizlar bilan ishlash,  ularni muammolarini hal qilishda ko‘maklashish Xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari uchun asosiy masala bo‘ldi. 

Mazkur mahallada 56 nafar xotin-qizlar “Ayollar daftari”da turadi.  Ularning o‘ziga yarasha muammolari bor. Xalq vakillari mahalla fuqarolar yig‘ini binosida bo‘lib,  dastlab hudud faollarining ish faoliyati bilan tanishishdi va yig‘ilib qolgan muammolar muhokama qilindi.  Shu jarayonning o‘zida ham bir qator kamchiliklar o‘z yechimini topganidan so‘ng,  xalq noiblari uyma-uy yurib ayollar holidan xabar olishdi.

Muloqot davomida  tumanning “Xayriobod” mahallasida yashovchi fuqaro Ortiqova Masturaxonni 4 yoshli farzandi bosh miya qismidan jarrohlik amaliyoti o‘tkazilib, hozirda davolanish muddati yetib kelganligi,  davolatish uchun esa moddiy yetishmovchilik bo‘layotgani aytildi. Xalq vakili Omadjon Mamatqulov bu muammoni shaxsan o‘zi bartaraf etishini bildirib,  o‘z nazoratiga oldi. 

Xalq vakillari “Obod” mahallasida yashovchi I guruh nogironlari  Nargizaxon Xoliqova va Marg‘ubaxon Ergashevalarning xonodonlariga borib, holidan xabar oldilar. O’zLiDeP Paxtaoobod tuman kengashi raisi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Chingizbek Ahmedov shu kunning o‘zida qishgi zahiralari muammosini hal etib, har ikki xonadonga 8 xil turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berdi.

 

  • Ko'rildi
    195
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+