Eng faol partiya xodimlari va BPT raislari taqdirlandi

15.11.2022, 15:38

Eng faol partiya xodimlari va BPT raislari taqdirlandi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tashkil topganining 19 yilligi munosabati bilan joylarda turli xil tadbirlar, davra suhbatlari, ochiq muloqotlar, uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashida bo‘lib o‘tgan tadbirda faxriylar, mahalliy Kengash deputatlari, partiya faollari taklif etildi. Uchrashuv davomida partiya tomonidan bosib o‘tilgan tarixan qisqa, biroq mazmunan boy yillardagi faoliyat tahlil qilindi. Bugungi kunda Taraqqiyot strategiyasi va partiya Saylovoldi dasturidagi maqsad va vazifalarni bajarishda partiya faollari, deputatlar zimmasidagi mas’uliyat haqida so‘z yuritildi.

Tadbir so‘ngida O`zLiDeP ning 19 yilligi munosabati bilan eng faol mahalliy Kengash xodimlari, Boshlang‘ich partiya tashkilotlari yetakchilariga partiya Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining Tashakkurnomalari va estalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

O`zLiDeP  Jizzax viloyat Kengashi

Matbuot xizmati

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    150
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+