Gender tenglikni ta’minlashda qanday islohotlar olib borilmoqda?

16.11.2022, 14:29

Gender tenglikni ta’minlashda qanday islohotlar olib borilmoqda?

O'zLiDeP Toyloq tuman Kengashi “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan tuman hokimligida partiya a’zolari, mahallalardagi xotin-qizlar faolllari ishtirokida 2022 - 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasining Gender tenglikni ta’minlash siyosatini davom ettirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlashga doir islohotlarni amalga oshirish yo‘nalishi ijrosini ta’minlash maqsadida “Gender tenglikni ta’minlash va xotin-qizlarning siyosiy partiyalar faolitiyada ishtirokini qo‘llab-quvvatlash” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.

Tadbirda O'zLiDeP Toyloq tuman Kengashi raisining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari N.Qambariddinova tomonidan so‘nggi yillarda davlatimiz rahbarligida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarga erishish, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ularning teng ishtirok etishini ta’minlash, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, shuningdek turli tazyiq va zo‘ravonliklardan himoya qilishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganligi ta’kidlandi.

Taraqqiyot strategiyasida gender tenglikni ta’minlash siyosatini davom ettirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlashga doir islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga yo‘naltirilgan takliflar ilgari surildi.

Tadbirda partiya faollari tomonidan genderga oid savodxonligini yuksaltirish, shuningdek, jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida gender tenglikni ta’minlashga qaratilgan davlat siyosatining yaqqol ifodasi ekanligi alohida qayd etildi.

Davra suhbati bahs-munoazarlarga boy tarzda o‘tdi. Tadbirda ishtirok  etgan kursant qizlar gender siyosati bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olishdi.

Akmal Mirzoyev,

O'zLiDeP Toyloq tuman Kengashi raisining

birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari

  • Ko'rildi
    647
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+