Kitob eng yaqin do‘st, eng yaqin hamrohdir
18.11.2022, 18:08

O‘zLiDeP Shahrisabz tuman Kengashi tomonidan Abu Ali Ibn Sino nomidagi tibbiyot texnikumida “Durdona” ma’rifiy loyihasi doirasida o‘tkazilgan tadbirda yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish, barkamol insonlar bo‘lib ulg‘ayishlarida kitobning beqiyos xizmatlari haqida so‘z bordi.
Partiya faollari, tuman kengashi deputatlari, texnikum professor o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etgan tadbirda keyingi paytlarda yurtimizda xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, yoshlarni yuksak salohiyatli, bilimdon va keng dunyoqarashga ega insonlar qilib tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.
-Insonning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta baxtli hamda davlatli bo‘lishining muhim omili – bu kitobga oshno bo‘lish, hamisha kitob o‘qish va uning mutolaasini umr bo‘yi kanda qilmaslikdir, - deydi O‘zLiDeP Shahrisabz tuman Kengashi raisi Arslon Uzoqov. - Ayniqsa, yoshlarning baxtu kamoli, farovon hayotida kitobning alohida o‘rni bor. Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi, komillikka yetaklaydi, hayot qoidalari asosida yashash san’atini o‘rgatadi. Zero, kitob zamonlar dengizida sayohat qilayotgan va o‘zining qimmatbaho yukini avlodlardan-avlodlarga tashiyotgan hikmat kemasidir. U hayotning eng olis va qorong‘u yo‘llariga nur baxsh etgan afsonaviy chiroqdir.
Anjumanda so‘zga chiqqanlar inson dunyoqarashining kengayishida, yuksak axloqiy fazilatlarning to‘laqonli shakllanishida kitobning o‘rni katta ekanligi, yoshlar va xotin-qizlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga, ularni kitob bilan do‘st bo‘lishiga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga qaratilgan ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish borasida amaliy takliflarni bildirdilar.
Tadbirda yakunida deputatlar tomonidan talabalarga badiiy kitoblar tuhfa etildi.
O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi
Matbuot xizmati.
O'xshash yangiliklar
-
Ayolning bilimli, hunarli bo‘lishi oilaning katta yutug‘idir
02.02.2023, 15:40
-
Xotin-qizlarning tadbirkorlikka oid ko‘nikmalari oshirildi
27.01.2023, 18:09
-
O’quv-seminarning navbatdagisi Murojaatnomada xotin-qizlar yo‘nalishidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlandi
27.01.2023, 18:08
-
O’zLiDeP faoli 51 nafar ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta’minladi
25.01.2023, 15:51
-
“Ayollar qanoti” – chinakamiga qanot bo‘lyapti
13.01.2023, 11:40
Fikringizni qoldiring